Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ichki ziddiyatlar Shayboniylar davlatida markaziy hokimiyat bilan 
mahalliy hokimiyat o`rtasidagi ziddiyatlarda namoyon bo`lgan. Er egaligining iqto, 
suyurg’ol, tanho, jogir turlari Shayboniylar davlatida bo`lgan. Davlat kichik-kichik 
mulklarga (suyurg’olga) bo`lib idora qilinardi, bu hol suyurg’ol egalarining 
hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni 
tuzatishga intilib bo`ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini 
tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi, bu mahalliy hukmdor 
va zamindorlarning keskin noroziligiga sabab bo`ldi.
Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi, 
ko`pchilik ersiz bo`lib, ijaraga er olib ishlagan. Asosiy soliq - sug’oriladigan erdan 
olinadigan xiroj bo`lib, daromadning 30-40 %ini tashkil qilardi. Ixrojat - davlat 
muassasalari, qo`shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to`lanadigan 
soliq. Davlat pulga muhtoj bo`lganida Favqulodda soliqlar joriy etilgan.


152 
Aholi mehnat majburiyatini ham o`tagan, bu majburiyatlar: aholini kanal va 
zovurlar qazishga, yo`l va ko`priklar qurishga, em-xashak yig’ishga jalb etish. 
Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o`tqaziladigan joy hisoblangan, u erda xon 
sharafiga xutba o`qitilgan va pul zarb etilgan. 
Buxoro xonligining tashqi siyosati 
Buxoro bilan Boburiylar munosabatlari o`rnatilishi Bobur va 
Ko`chkinchixonlar nomi bilan bog’liq. Ko`chkinchixon davrida Buxoro xonligi 
Boburiylar davlatini tan oldi va savdo-elchilik munosabatlprini o`rnatdi. 
Ko`chkinchixon o`z elchisi orqali Boburga Movarounnahr mayizi, o`rigi va boshqa 
ne’matlardan 7 tuyada sovg’a va 200 ta ot tortiq qilgan. Bobur ham Buxoroga 
elchilar yuborgan. Humoyun davrida ham savdo-elchilik davom etgan 
Abdullaxon II Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat 
qilishga intiladi. U 1572 yil Boburiy Akbarshoh huzuriga o`z elchilarini yubordi, 
elchilar sovg’a va maktub olib bordi. Abdullaxon o`z maktubida ikki davlat 
o`rtasida do`stlik munosabatlarini mustahkamlashni bayon qilgan edi. Bundan 
maqsad boshqa davlatlar hujumiga qarshi ittifoq tuzish edi.
Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta 1577 yil elchi yuborgan. Bu 
elchilikdan siyosiy maqsad ko`zlangan edi: Abdullaxon II Eronni o`zaro taqsimlab 
olishni taklif qildi. Akbarshoh bunga rozi bo`lmadi, chunki u turli dinga etiqod 
qiluvchilar tarafdori bo`lib, diniy bag’rikenglikni davlat siyosati darajasiga 
ko`targan edi. Eron bilan ham yaxshi munosabatda edi. 
Akbarshoh Hindiston shimolidagi Sind va Kashmirni bosib oldi, Buxoro 
xonligi bu hodisani shayboniylar davlatining janubiy chegaralariga yaqinlashuvi 
deb hisobladi. Chunki Hindistonda ham Movarounnahrda ham Akbarshohni 
Movarounnahrni bosib olishga undovchi kuchlar bor edi. Abdullaxon II esa 1584 
yil Badaxshonni egalladi. Abdullaxon 1585 yil Akbarshoh huzuriga uchinchi marta 
elchi yuborib, Badaxshon orqali Makka va Madinaga boradigan yo`lni 
g’ayridinlardan tozalash maqsadida Badaxshonni bosib olish sababini izohlaydi.


153 
Akbarshoh 1586 yil o`z elchilarini Abdullaxon huzuriga yuborib Turkiya 
Eronning bir qismini bosib olganini, Buxoro va Hindiston Eronga yordam berish 
zarurligini ma’lum qiladi. Eron shayboniylarni o`zining asosiy raqibi deb 
hisoblagani uchun Abdullaxon Akbarshohning taklifiga rozi bo`lmaydi. Bu davrda 
Abbos I Eronni birlashtirib, mustahkamladi. 
Shunday sharoitda Badaxshonda Abdullaxonga qarshi isyon ko`tarildi. 
Buxoroda bu isyonda Akbarshohning qo`li bor degan gumon paydo bo`ldi. 
Badaxshon hukmdori Abdullaxonning o`g’li Abdulmo`min Akbarshohdan 
boshpana berilgan badaxshonlik isyonchilarni Buxoroga yuborishni talab qildi. 
Shu tufayli Buxoro va Hindiston o`rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushadi. 
Abdullaxon Akbarshoh huzuriga o`z elchisini yuborib, o`g’lining xatti-harakati 
uchun Akbarshohdan uzr so`ragan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling