Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bo`lim. O`ZBEK XONLIKLARI (XVI – XIX asrning birinchi yarmi) VII-bob. Buxoro xonligi. 1-§. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi.
Adabiyot sohasida Qutb va Haydar Xorazmiylar, Sayfi Saroiy, Durbek,
Amiriy, YAqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih kabi shoir va adiblar ijod qildi. Durbek qayta ishlagan «Yusuf va Zulayho» dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining nodir durdonalaridir. Bu davr o`zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) alohida o`rin tutadi. Alisher Navoiyga qadar o`zbek she’riyatida Lutfiyga etadigan shoir bo`lmagan. Alisher Navoiy 30 dan ortiq badiiy asar yozdi, ular ichida «Xamsa», «Xazoyin ul-maoniy», «Mahbub ul-qulb», «Lison ut-tayr» kabi yirik asarlar bor. Navoiy odamlarni tarixni o`rganishga da’vat etadi. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida Alisher Navoiy haqida: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir” - deb ataydi. Tayanch so`zlar va atamalar: Dor ul-ilm, Boysung’ur kutobxonasi, Shamsuddin Muhammad Havofiy o`qigan, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, Ulug’bek, Qutb, Haydar Xorazmiylar, Sayfi Saroiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib. Tamg’a - savdo boji, savdogarlardan olinadigan soliq. Fulus - misdan yasalgan mayda chaqa pul. Rasadxona (observatoriya) - osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa joylashgan bino. Sekstant - osmon yoritqichlari balandligini belgilash uchun mo`ljallangan ko`zgu-qaytargichli asbob. 138 III bo`lim. O`ZBEK XONLIKLARI (XVI – XIX asrning birinchi yarmi) VII-bob. Buxoro xonligi. 1-§. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. Buxoro xonligi tashkil topishi Siyosiy ahvol. Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo 1447 yil vafot etgach, taxt uchun kurash kuchaydi. Xuroson bir necha qismga bo`linib, har biri o`zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. Xuroson taxtini 1469 yil Sulton Husayn Boyqaro egalladi, u Temurning ikkinchi o`g’li Umarshayxning nabirasi edi. Boyqaroning 40 yillik hukmronlik davrida Xurosonda to`la osoyishtalik o`rnatilmagan bo`lsada, obodonchilik, xo`jalik va madaniyat ancha rivojlanishida Husayn Boyqaroning hukmronlik salohiyati hamda Alisher Navoiyning ham xizmati katta bo`ldi. Husayn Boyqaro 1506 yil vafot etgach qo`shhokimiyatchilik vujudga kelib, uning ikkinchi o`g’li - Badiuzzamon va Muzaffar Husayn bir vaqtda hukmdor deb e’lon qilindi. Bu Xuroson davlatini to`la porakondalikka olib kelib, shayboniylar hujumi arafasida davlat kuchsiz edi. (rassom Behzod ishlagan miniaturada Husayn Boyqaro tasvirlangan). Mavorounnahr Mirzo Ulug’bek vafot etgach boshlangan taxt uchun kurash oqibatida tanazzulga yuz tutdi. Mironshohning nabirasi Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-1469) kurashda g’alaba qozondi. U 1469 yil halok bo`lgach Movarounnahrni birin-ketin ikki o`g’ili - Sulton Ahmad va Sulton Mahmud, keyin nabiralari - Boysung’ur va Sulton Ali Mirzolar boshqargan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling