Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulug’bek madrasasi
- Ulug’bek rasadxonasi
Ilm-fan
Ilm-fan markazlari. XV asrda Samarqand va Hirotda ijodkorlarning katta guruhi to`plandi. Ulug’bek o`tmishdoshlari: Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Ularning asarlari orqali qadimgi yunon olimlari: Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemey asarlari bilan tanishadi. Mirzo Ulug’bek farmoni bilan 1417 yil Buxoroda, 1420 yil Samarqandda, 1433 yil G’ijduvonda madrasalar quriladi. 134 Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musilmon ayol va erkakning burchidir» degan xitobnoma yozilgan. Madrasalarda Qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari), shuningdek, riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at (astranomiya), tibbiyot, tarix, jo`g’rofiya, ilmi aruz (nazm), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy fanlar o`qitilgan. Ulug’bek madrasasi. 1420 yil ochilgan Samarqand madrasasi zamonasining dorulfunini edi. U 2 qavatli, 50 hujrali bo`lib, har bir hujra 3 xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonaga bo`lingan. Samarqand madrasasi ochilgan kuni birinchi darsni iqtidorli olim, etakchi mudarris SHamsuddin Muhammad Havofiy o`qigan, 90 nafar talaba qatnashgan. Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, Ulug’bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchi turli fanlardan dars berganlar. Madrasada ilmi hay’at (astranomiya)dan Qozizoda Rumiy dars bergan. Madrasasida tolibi ilimlar kamida 15-16 yil o`qigan. Fanlarni o`zlashtirib, imtihon topshirganlarga «sanad» (shahodatnoma) yozib berilgan. Ulug’bek rasadxonasi. Mirzo Ulug’bek 1424-1429 yy. Samarqandda Obirahmat anhori bo`yida rasodxona qurdirgan, balandligi 31 m. bo`lgan. G’iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o`lchov asbobi - sekstant o`rnatilgan. U Sharqdagi sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ulug’bek rasadxona qoshida tashkil etgan kutubxonada 15 ming jild kitob saqlangan. Rasadxona tevaragida xujralar, 2 ta chorbog’: Bog’i Maydon va CHinnixona barpo etiladi. Rasadxona joylashgan bu mavze «Naqshi jahon» degan nom bilan mashhur bo`lgan. Rasadxonada Mirzo Ulug’bek bilan birga matematik va astranomlardan «Aflotuni zamon» deb nomi olgan Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o`z davrining Ptolmeyi» nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi tadqiqot olib boradi. Ulug’bek rasadxonasida 1018 qo`zg’almas yulduzning o`rni aniqlanib, astranomik jadvali tuziladi. Ulug’bekning shoh asari «Ziji jadidi Ko`ragoniy» (Ko`ragoniyning yangi astranomik jadvali) 2 qismdan: keng muqaddima va 1018 qo`zg’almas yulduzlar 135 o`rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Ulug’bekning yil hisobi hozirgi hisobdan 1 minut 2 sekundga farq qiladi. Ulug’bek «Tarixi arba’ ulus» (4 ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag’ishlangan 5 ta risola yozgan. Mirzo Ulug’bekning astronomiya maktabi o`z davrining akademiyasi (oliy ilmiy tashkilot) edi. Fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Vol’ter (1694- 1778): «Ulug’bek Samarqandda bo`lib Akademiyaga asos soldi, er sharini o`lchashga buyurdi va astranomiya jadvallarini tuzishda ishtirok etdi» - deb yozgan edi. Xorazmda 1004 yil tashkil etilgan «Donishmandlar uyi» (Ma’mun akademiyasi)dan keyingi ikkinchi - «Dor ul-ilm», ya’ni «Samarqand akademiyasi» edi. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida: “Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo`yilgan tamal toshlaridan biri bo`lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berganini ko`rsatadi” - degan edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling