Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pirmuhammad
- Shohrux
124 3-§. Temuriylar o`rtasida taxt uchun kurash. Ulug’bek - ma’rifatparvar davlat arbobi Taxt uchun kurash. Amir Temur 1405 yil 18 fevralda Xitoyga yurishi vaqtida O`trorda vafot etgach yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi: saltanat tasarrufidagi yurtlar va ellar xilma-xil, uzoq masofalarga cho`zilgan bo`lib, ularni yagona markazdan turib boshqarish murakkab edi, shuningdek ulardagi muxolifatchi kuchlar ajralish uchun payt kutardi. Saltanatning parchalanishida Amir Temurning vorislari o`rtasida taxt uchun uzoq yillar davom etgan urushlar ham sabab bo`ldi. Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlari hukmdori, nabirasi Pirmuhammadni tayinlagan edi. Mironshohning o`g’li Xalil Sulton Mirzo 1405 yil 18 mart kuni Samarqandni egallab, o`zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi. Xalil Sulton Pirmuhammadning yo`lini to`sib, uning rejalarini buzish niyatida hatto Amudaryoning o`ng tomonidagi erlarni o`z hokimiyatiga qo`shib oladi. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo`lib Turkiston hamda Farg’onaning hokimi Amir Xudoydod bilan Shayx Nuriddin isyon ko`taradi. Xalil Sultonning o`z ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o`z hokimiyatini o`rnatish niyatida akasiga qarshi bosh ko`taradi. Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan o`tib Xalil Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Xurosonda Shohrux, Balx, G’azna va Qandahorda Pirmuhammad, G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o`g’illari Umarshayx va Abu Bakr Mirzolar hokimi mutlaq bo`lib oladilar. Sirdaryo shimolidagi viloyatlar: Turkiston, Sabron, O`tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O`ratepa bilan Farg’onani amir Xudoydod Husayniy egallab oladi. Oltin O`rda amiri Idiku Xorazmni bosib oladi. Pirmuhammad 1407 yil 22 fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo`lida halok bo`ladi. Mironshoh 1408 yil 22 aprelda Qoraqo`yyunli 125 turkmanlarning qabila boshlig’i Qora Yusuf bilan bo`lgan jangda halok bo`ladi. Iroq va Ozarbayjon viloyatlari temuriylar qo`lidan ketadi. Movarounnahrda 1409 yil bahorida vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydod O`ratepa va Shohruxiyani qo`lga kiritib, Samarqandga askar tortadi. Xalil Sulton 1409 yil Sheroz yaqinida Zarafshon bo`yida Amir Xudoydod bilan bo`lgan jangda mag’lubiyatga uchrab, asirga olinadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling