Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Sultonga - Farg’ona, Tarozdan to Xo`tangacha, ya’ni Sharqiy Turkistonning  janubi-g’arbini berdi. Uluslar


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Sultonga - Farg’ona, Tarozdan to Xo`tangacha, ya’ni Sharqiy Turkistonning 
janubi-g’arbini berdi.
Uluslar markaziy hukumatga itoat etsada, ammo ma’lum mustaqillikka ega 
edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo`shini mavjud edi. 
Ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib 
turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o`z qo`shini bilan qatnashish yoki talab 
qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.
Qo`shin tuzilishi. Amir Temur davlat mustaqilligi va muhofaza yo`lidagi 
ichki va tashqi siyosatda asosan qo`shinga suyanar edi; shuning uchun u qo`shin 
boshliqlarini tanlash, harbiy qismlarning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning 
qurollanishi hamda ichki intizomga katta ahamiyat beradi.
Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy 
qismlardan iborat edi. Lashkar: tuman - 10 minglik, hazora - minglik, qo`shun - 
yuzlik, ayl - o`nlik birikmalariga bo`lingan. Amir Temur lashkar birikmalarini 
boqarish uchun: 10 minglik askarni boshqarish uchun - tuman og’asi, minglik 
bo`linmalar uchun – mirihazora, yuzliklar uchun - qo`shunboshi, o`nliklar uchun - 
aylboshi harbiy mansablarni ta’sis etadi.
Biror qo`shinni engan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan amir 
bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi va biror 
shaharning noibligi bilan siylangan. Tavochi mansabidagi amaldorlar viloyatlardan 
askariy qismlarni to`plash bilan shug’ullanar edi.
Jangga kirish usuli. Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular 
orasidan yasovul bo`linmasi, undan keyinroqda manglay - avangard qism borardi. 
Manglay bilan qo`shinning asosiy qismlari oralig’ida qo`mondonning qarargohi va 
uning yon-atrofida zaxira (rezerv) - izofa qismlar joylashgan.
Temur qo`shinining asosiy jangavor qismlari: markaz, o`ng - burong’or, so`l 
- juvong’or qanotlardan iborat bo`lgan. Har bir qanotning oldida bittadan 
qo`shimcha qo`riqchi manglay - avangardi, yon tomonida bittadan qo`riqchi 
askariy qo`shilmalar - qanbullar bo`lgan. Sharafiddin Ali Yazdiy yozishicha Amir 
Temur birinchi bo`lib qo`shinni 7 qism - qo`llarga bo`lib joylashtirish tartibini 


120 
joriy qilgan. Qo`llar jangda mustaqil harakat qilib, faqat qo`shin qo`mondoniga 
bo`ysungan
«Temur tuzuklari». Amir Temurning harbiy san’ati va davlat boshqarish 
uslubiga bag’ishlangan maxsus asari - «Temur tuzuklari»dir. Unda davlatni 
boshqarishda kimlarga tayanish, taxt egalarining vazifalari, vazir va qo`shin 
boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir Temurning «davlat 
ishlarining 9 ulushini kengash, tadbir va mashvarat, 1 ulushini qilich bilan amalga 
oshirdim», 
«Kuch-adolatdadir» 
degan 
so`zlari, 
davlatni 
adolat 
bilan 
boshqarganidan guvohlik beradi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling