Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amir Temurning harbiy yurishlari 
Mamlakat xavfsizligi yo`lida. Amir Temur saltanatiga hali bartaraf 
etilmagan kuchlar: bir tomondan Mo`g’uliston xonlari Chig’atoy ulusini 
birlashtirishga intilib tinchlik bermas edi; ikkinchi tomondan Oltin O`rda va Oq 
O`rdaga bo`linib ketgan Jo`ji ulusi xonlari shimol va Xorazm tomondan xavf solib 
turardi. Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O`rda va Oltin O`rdalar 
tomonidan edi.
Temur Oltin O`rdani kuchsizlantirishga harakat qiladi, lekin Jo`ji ulusini o`z 
davlatiga qo`shib olish niyatida emas edi. Temur Oltin O`rdaning Movarounnahrga 
tutashgan sharqiy qismini o`z ta’siri ostiga olishni, uning poytaxti Saroy Berka 
orqali o`tadigan karvon yo`lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko`zlaydi.
Amir Temur o`z maqsadini amalga oshirish uchun Oltin O`rda taxti uchun 
Jo`ji ulusidagi o`zaro ichki kurashdan foydalanadi. Chingiziylardan bo`lgan 
To`xtamish Oq O`rdadan qochib Samarqandga keldi, u Temur yordamida Oltin 
O`rda taxtini egalladi.
Amir Temur va To`xtamish. Keyinchalik To`xtamish xoinlik qilib, Amir 
Temurga qarshi ochiq kurashga o`tgach Temur To`xtamishga qarshi 3 marta 
qo`shin tortadi. Temur va To`xtamish o`rtasida so`nggi jang 1395 yil 15 aprelda 
Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo`yida bo`ldi va 3 kun davom etdi. 
Temur qo`shini bu jangda dushmanga qarshi otdan tushib, kamondan o`qqa tutish 
usulini qo`lladi, o`q va qilich zarbidan To`xtamish qo`shini tarqalib ketdi.


116 
Rossiya tarixchilari Grekov va Yakubovskiy ta’kidlashicha Temurning bu 
g’alabasi faqat O`rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Evropa va Rus 
knyazliklarining birlashishi uchun buyuk ahamiyat kasb etgan.
Eron, Iroq, Shom, Hindistonga yurish. Temur o`z saltanatining janubiy 
chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, 
va Shom (Suriya)ga 3 marta: 3-5-7 - yillik urushlar qilgan. Temur 3 yillik (1386-
1388) yurishida Eron (Fors), Janubiy Ozarboyjon, Iroq shimolini, Gurjiston va 
Armanistonni (Van ko`li atrofi) bo`ysindirdi.
Erondagi Muzaffariylar, Jaloyiriylar sulolasining ayirmachilik harakatlari, 
Mozandaron, Janubiy Erondagi qo`zg’olonlar tufayli Temur Eronga yana yurish 
qildi. Temur bu 5 yillik (1392-1396) yurishida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va 
Kavkazni egallaydi. Temur 1398-1399 yy. Hindistonga yurish qilib Dehlini 
egallaydi. 
Eron, Old va Kichik Osiyoga 1399-1404 yillarda bir necha marta yurish 
qilindi. Bu yurish tarixga 7 yillik urush nomi bilan kirgan. Harbiy yurishlar 
natijasida Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib 
taqaldi. Amir Temur Usmonli turk sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni 
yaxshilash tarafdori bo`lgan.
Amir Temur ziddiyatlarni diplomatik yo`l bilan hal qilish maqsadida ikki 
tomon o`rtasida 4 marta xat almashish tashabbuskori bo`lgan. Boyazid har safar 
manmanlik qilib Temur nomiga nomaqbul so`zlarni yozgan. Qoraqo`yunlilar, 
muzaffariylar, jaloyiriylarning Temurga qarshi harakatlarini Boyazid qo`llab-
quvvatlagani uchun Temur va Sulton Boyazid o`rtasida to`qnashuv bo`lishi 
muqarrar bo`lib qoldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling