Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


VI-bob. Amir Temur va temuriylar davlati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
VI-bob. Amir Temur va temuriylar davlati. 
1-§. Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi, 
uning harbiy yurishlari 
Siyosiy tarqoqlik. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin 
mustaqil bekliklarga bo`linib ketadi: Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz
Balxda O`ljaytu Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos, Xo`jandda Amir Boyazid 
Jaloir, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o`zlarini 
hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda tashkil 
topgan Mo`g’iliston xonlari bir necha bor Movarounnahrga yurish qilib, uni 
talaydilar. Ularga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Amir Temur (1336-1405) Kesh viloyatidagi Xo`ja Ilg’or qishlog’i 
(Yakkabog’ tumani)da 1336 yil 9 aprelda tug’ilgan. Uning to`liq ismi Amir 
Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul. Temurning onasi Takina xotun - 
Keshning obro`li beka (bek og’o)laridan bo`lgan. Otasi Amir Tarag’ay - barlos 
urug’ining oqsoqoli bo`lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida hokimlik qilgan. 
Temurni 7 yoshida otasi o`qishga beradi. Temurning piri Shayx Shamsiddin Kulol 
bo`lgan. Temur yoshligida chavondazlik, ov, kamondan o`q uzish, ot choptirish va 
harbiy o`yinlar bilan mashg’ul bo`lishini yoqtirar edi.
Temurning yoshligidagi do`stlari: Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori 
Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek keyinchalik lashkarboshi darajasiga 
ko`tarilgan. Temur ilk harbiy faoliyatini qo`l ostidagi navkarlari bilan ayrim 
viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Temurni avval 1352 yil Amir Joku 
Barlosning qizi Turmush Og’oga uylantiradi. Temur 1355 yil Qazog’onning 
nabirasi, Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og’oni nikohiga olishi tufayli Balx 
hokimi Amir Husayn va Temur o`rtasida ittifoq yuzaga keladi.


112 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling