Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tug’luq Temur
Kebekxon islohotlari. XIV asrning birinchi yarmida Chig’atoy ulusining
ijtimoiy hayotda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`la boshladi, mo`g’ullarning o`troqlikka o`tish jarayoni kuchaydi. Movarounnahr bilan mustahkam aloqa o`rnatishga va o`troq hayot kechirishga intilgan Chig’atoy ulusi xoni Kebekxon (1318-1326) birinchi bo`lib o`z qarorgohini Movarounnahrga ko`chiradi va qadimgi Nasaf shahri yonida saroy qurdiradi. Saroy mo`g’ul tilida «Qarshi» deb yuritiladi, Saroy atrofida binolar qurilib Nasaf bilan qo`shilib ketadi va Qarshi deb ataldi. Kebekxon davlatni idora etish va iqtisodni tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti o`tkazdi, mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. Kebek davrida Erondagi Hulakuiylar davlati va Oltin O`rda xonligining kumush tangalari namunasida 2 xil pul zarb etilgan: 1) 8 gr. katta kumush tanga - dinor; 2) 1 gr. kichik tanga - dirham deb atalgan. «Kepaki» deb nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilgan. Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi, qadimgi Samarqand vayronalari yonida yangi shahar qad ko`taradi. Er egaligining 4 xil shakli mo`g’ullar davrida O`rta Osiyoda mavjud edi: mulki devon - davlat eri, mulki inju - hukmdor va noiblariga qarashli erlar, mulki vaqf – masjid va madrasa erlari, mulk - xususiy erlar. Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga xizmatlari uchun xadya qilingan erlar bo`lib, ular suyurg’ol erlari deyilib, barcha soliq va to`lovlardan ozod etilgan va avloddan avlodga meros tariqasida o`tardi. Mo`g’ul hukmdorlari orasida bosib olingan xalqlarga 2 xil qarash mavjud edi: 1) ba’zilari mahalliy zodagonlar va savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik va dehqonchilikni rivojlantirish, islom dinini qabul qilish tarafdorlari edi. 2) boshqalari esa o`troqlik va shahar hayotiga qarshi bo`lib, shaharlarni buzib tashlash, bog’ va ekinzorlarni o`tlovlarga aylantirishni istardilar. 110 Movarounnahrga ko`chib kelgan mo`g’ullarni Ettisuvlik mo`g’ullar «Qoraunas» (duragay) deb atardi. Movarounnaxr mo`g’ullari Ettisuvlik mo`ng’ullarni «jete» (qaroqchi, talonchi) deb atashardi. Chig’atoy ulusi XIV asrning 40 yillarida 2 ga bo`linib ketdi: 1) Sharqiy Turkiston va Ettisuv qismi Mo`g’uliston deb ataldi. Chig’atoy naslidan bo`lgan Tug’luq Temur 1348 yil Mo`g’uliston xoni bo`ldi. 2) ulusning g’arbiy qismi - Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan bo`ldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling