107
ulug’ xoqoni qilib tayinlandi. Ulug’
Xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida
bo`lgan, u erdan turib xonlarni nazorat qilib borar edi. Chingizxon vafotidan keyin
ham mo`g’ullarning G’arbga yurishi davom etdi. Rus davlati 1236-1240 yy. zabt
etilib,
Oltin O`rda davlati tashkil topadi. Eron 1256 yil bosib olinib
Hulokiylar
davlati vujudga keladi. Huloku 1258 yil Abbosiylar Xalifaligiga xotima beradi.
Chig’atoy Ulusi XIII asrning 20-yillarida Chig’atoy
tasarrufiga berilgan
Movarounnahr, Ettisuv va Sharqiy Turkistonda tashkil topdi. Keyinchalik
Chig’atoy davlatiga aylandi, uning o`rdasi
Elsuvi (Ili) daryosi bo`yida edi.
Chig’atoy viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda bo`ysundirilgan
xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnaxrni idora
etish, hali zabt etilmasdan
ilgari xorazmlik savdogar Mahmud Yalovichga
beriladi, u
Xo`jandni qarorgoh qildi. Harbiy hokimiyat, aholini ro`yxatdan
o`tkazish, soliq yig’ish dorug’achi va tavg’ach deyilgan mo`g’ul
amaldorlari
qo`lida bo`lgan. Mahmud Yalavoch mo`g’ul
bosqoqlari (mahalliy hokim)
ixtiyoridagi askarlarga suyanib mo`g’ul xonlari talabini ijro qilar edi.
Soliq turlari. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan er solig’i - kalon deb
yuritilgan, kolon solig’i - hosilning 1/10 qismi hajmida olingan. Chorvadorlarga
qopchur solig’i
solingan, qopchur solig’i - chorva mollari bosh sonining 2,5%
miqdorida olingan. Davlat xazinasi uchun oziq-ovqat solig’i shulen undirilgan,
shulen - har bir podadan 2 yashar qo`y, qimiz uchun har 1000 otdan 1 biya
hisobida olingan. Hunarman va savdogarlardan targ’u solig’i undirilgan, targ’u -
ishlab chiqilgan mahsulot yoki sotilgan molning 1/30 qismi hajmida undirilgan.
Yana alohida tuz solig’i, jun va kumush solig’i solingan.
Soliqlar mahalliy
amaldorlar tomonidan
barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo`la to`lab yuborilardi,
sungra aholidan miqdoridan oshirib undirib olinardi.
Do'stlaringiz bilan baham: