Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazmshohlar inqirozi
- Turkan xotun
Munosabatlar keskinlashuvi. Chingizxon o`z elchilarining ish natijalaridan
mamnun bo`ladi, chunki Mahmud Yalovoch mo`g’ullar to`g’risida Xorazmshohga aytgan ma’lumotlarga qarganda Xorazm haqida ko`proq axborot to`plab qaytgan edi. Sulton Muhammadga minnatdorchilik izhor etish va ikki davlat o`rtasida shartnoma tuzish uchun Chingizxon 1218 yilning o`zida Xorazmga yana juda katta savdo karvoni va elchilarini jo`natadi. Chingizxon yuborgan savdo karvonida 450 musulmon savdogarlari, 500 tuyada oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo`ynalari bor edi. Urganchga borayotgan Chingizxonning savdo karvoni chegara shahar O`trorda, shahar noibi G’oirxon (Inolchiq) tomonidan talanib, savdogarlar qirib tashlanadi, faqat bir tuyakash omon qoladi. Chingizxon O`tror noibidan nihoyatda g’azablansada, biroq g’azabini bosib Xorazmshoh huzuriga elchi qilib Ibn Kafroj Bug’roni va ikkita mulozimini 102 yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo`natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini o`ldirishni va ikki mulozimning soqol-mo`ylovini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat o`rtasida savdo va elchilik munosabatlar uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea ikki davlat o`rtasida urush boshlashiga bahona bo`ldi. Xorazmshohlar inqirozi. Xorazmshoh qo`shinining umumiy soni XIII asr boshlarida Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati mustahkam bo`lmagan, chunki mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolsa o`z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o`z bilganlaricha yo`l tutar edi, ayrim viloyat hokimlari amalda deyarli mustaqil edi. Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa Sulton Muhammadning onasi Turkan xotun (turklar onasi) qo`shinning oliy sarkardalari bo`lgan qipchoq oqsuyaklari bilan urug’-qabila aloqalari orqali mahkam bog’langan edi. Turkon xotun o`z qabiladoshlari manfaati yo`lida saroyda ko`tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, shohga qarshi adovat ruhini uyg’unlashtirib qo`ygan edi. Ichki nizo, boshboshdoqlik, fuqarolar noroziligi kuchayib, siyosiy hayot inqirozga yuz tutgan edi. Bu xavfli vaziyatni bartaraf etish uchun Sulton Muhammad «Davlat Kengashi»ni ta’sis etilib, 6 ta bilimdon vakillar jalb etiladi, biroq u amalda ijobiy natija bermaydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling