Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Chingizxon bosqini 
Xorazmshohning mudofaa rejasi. Chingizxon Movarounnahr yurishiga 
katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko`rgan edi. Yurish boshlanmasdan 
savdogarlar orqali ma’lumotlarni o`rgangan. Chingizxon Xorazmshohlar 
davlatining ichki ahvolidan to`la xabardor edi. Xorazmshoh bilan sarkardalar 
o`rtasidagi ixtilof ustunlikdan foydalanish imkonini bermadi. Xorazmshoh 
qo`shinlarini bir joyga to`plamasligining sababi lashkarboshilar uni taxtdan 


103 
ag’darishidan qo`rqar edi. Xorazmshoh harbiy kengashda urushda mudofaa 
taktikasini qo`llash haqida qaror qabul qildi.
O`tror qamali. Chingizxon 1219 yil kuzida Xorazmshohga qarshi yurish 
boshladi, askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon Sirdaryo bo`yida joylashgan 
O`tror shahriga yurish qildi, u O`tror yaqinida Movarounnahrni qisqa muddatda 
zabt etish uchun qo`shinini 4 qismga bo`ldi. Qo`shinning birinchi qismini 
Chig’atoy va O`qtoy boshchiligida O`trorni qamal qilish uchun qoldirdi. Jo`ji 
boshchiligidagi ikkinchi qismga Sirdaryo etagidagi Sig’noq, O`zgan, Jand, 
Yangikent shaharlarini bosib olish buyurildi. Sirdaryo yuqori oqimidagi Binokat va 
Xo`jandshaharlariga Oloqnuyon va Suketu Cherbi qo`mondonligida 5 ming 
kishilik uchinchi qo`shin yuborildi. Chingizxon asosiy kuchlari bilan Buxoroga 
askar tortdi. 
O`trorda 20 ming suvoriy bor edi, qamal arafasida Qoracha Hojibning 10 
minglik qo`shini kelib qo`shiladi. Juvayniy aytishicha Sulton Muhammad ham 
«Lashkar Birun» deb atalgan 50 ming askar yuborgan. Qamal boshlanishi bilan 
shahar hokimiyatining vakili Badriddin Amid, Safiy Aqra Hojib boshliq Sulton qatl 
etgan O`tror qozisining avlodlari mo`g’ullar tomonga o`tib ketadi. O`toror qamali 
5 oy davom etgan. Qoracha Hojib mo`g’ullarga taslim bo`lgan, mo`g’ullar uni va 
askarlarni qatl etgan. G’oyirxon O`tror arkiga joylashib mudofaani yana 1 oy 
davom ettiradi, biroq asirga olinib Samarqandga olib borilib o`ldiriladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling