Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


V-bob. Chingizxon istilosiga qarshi ozodlik kurashi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
V-bob. Chingizxon istilosiga qarshi ozodlik kurashi. 
1-§. Xorazmshohlar davlati. Mo`g’ullar bosqini 
Mo`g’ullar davlati. XI asrda mo`g’il qabilalarida hali urug’-aymoqchilik 
kuchli edi. Ular asosan ko`chmanchi chorvachilik, ovchilik va o`zaro mahsulot 
ayirbosh qilish bilan shug’ullanar edi. Urug’ boshliqlari ichki kurashida Timuchin 
(1155-1227) g’olib chiqadi. Onon daryosi bo`yida 1206 yil mo`g’ul urug’ va qabila 
boshliqlari qurultoyida Timuchin Ulug’ xon (qoon) deb e’lon qilinib, «Chingiz» 
laqabi beriladi va Mo`g’illar davlatiga asos solinadi.
Chingizxon yaxshi qurollangan, intizomli qo`shin hamda 10 ming nafar turk 
azamatlaridan kezik (keshik) - xos soqchilar qismini tuzgach istilochilik urushlariga 
kirishadi. Dastlab 1206 yil naymanlar, 1207-1208 yy. Enasoy havzasi, so`ngra 
Ettisuv viloyatining shimoli va uyg’urlar bo`ysundirildi. Chingizxon 1211-1215 
yy. bir necha bor Xitoyga hujum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi Szindi (Pekin) 
shahrini ishg’ol qildi. Szin sulolasini taxtdan qulatdi va Shimoliy Xitoy 
Mo`g’ilistonga qo`shib olindi. Chingizxon Xitoydan harbiy qurol yasaydigan va 
ularni ishlata oladigan hunarmandlarni Mo`g’ilistonga olib borgach o`z qo`shinini 
zamonasining eng yaxshi harbiy qurollar bilan ta’minlaydi.
Chingizxon 1218-1219 yy. Sharqiy Turkiston va Ettisuv viloyatlarini 
talofatsiz qo`lga kiritdi va bu erdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Mo`g’ullar 
davlatiga Go`bi sahrosining sharqidan to Tangritog’ (Tyanshan)ning g’arbigacha 


101 
bo`lgan viloyatlar birlashtirilib, G’arbiy hududlari Xorazmshoh saltanatining 
chegarasiga bevosita tutashib ketgdi. 
O`zaro elchilik aloqalari. Chingizxon va Xorazmshoh bir-birining kuchini 
bilib olish va ma’lumot to`plash uchun elchilik aloqalari o`rnatadi. Dastavval 
Xorazmshoh 1216 yil Bahouddin Roziy boshchiligida o`z elchilarini Chingizxon 
huzuriga yuboradi. Chingizxon elchilarni iltifot bilan qabul qilib, Sulton 
Muhammadni G’arbning sohibqironi (G’arb mamlakatlarining sultoni), o`zini 
Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga etkazishlarini so`raydi.
Chingizxon ham Xorazmga yuborgan elchilariga Xorazmlik savdogar 
Mahmud Yalavoch boshchilik qildi. Chingizxon elchilarini Xorazmshoh Sulton 
Muhammad 1218 yil bahorida Buxoro shahrida qabul qildi. Elchilar Chingizxon 
Sulton Muhammadni qudratli podshoh sifatida bilib, uni eng ardoqli o`g’illari 
qatorida ko`rishi va u bilan do`stona shartnoma tuzishga roziligini aytishadi. Eng 
ardoqli o`g’illari qatorida ko`rish «iltifoti» Sharq ustamonligida “Chingizxon 
Xorazmshohni o`ziga qaram qilib olish niyati bor” degan ma’noni anglatardi. 
O`zini Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblagan Xorazmshohga bunday 
“istiqbol” yoqmas edi, Mahmudni tunda xufyona chaqirtirib, Chingizxonga emas 
o`ziga xizmat qilishini, josus bo`lishini talab qildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling