Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’morchilik, san’at, musiqa va din Me’morchilik va san’at
Turkiy yozma adabiyot. Bu davrda Movarounnahr va SHarqiy Turkistonda
turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og’zaki adabiyoti bilan bir qatorda yozma adabiyoti yuzaga keldi. Turkiy yozma adabiyotning nodir va yirik asarlari: Yusuf Xos Xojibning (XI asr) «Qutadg’u bilig», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat» asarlaridir. Bu davr turkiy adabiy tili eski o`zbek va uyg’ur tillarining vujudga kelishida muhim bosqich bo`ldi. Mahmud Qoshg’ariy «Dunyo xaritasi»ni yaratdi. Me’morchilik, san’at, musiqa va din Me’morchilik va san’at sohasiga o`rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini kuchli ta’sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O`zgan va Marv shaharlarida saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh 96 masjidi, Minorayi Kalon hamda Vobkent va Jarqo`rg’ondagi minoralar o`sha davr me’morchiligining namunalaridir. Suv inshootlari: suv omborlari, bandlar, ko`priklar, sardobalar va korizlar - yo`nilgan tosh, pishiq g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan barpo etildi. Nurota tizmasidagi past tog’ darasi to`silib X asrda Xonbandi suv ombori barpo etilgan. Unga 1,5 mln. metr kub suv to`plangan, to`g’on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandi suv omborini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va zilzila hisobga olingan. Bu XVII asr fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to`g’risida yaratilgan qonun kashfiyotidan 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi. Binokorlikda X asrdan boshlab sinchkori imoratlar keng tarqaladi. YAkkasinch va qo`shsinchli binolarning tagsinchlari, ustunlari, sarrovlari va to`sinlari yog’ochlarni biriktirish usubida qurilib, sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvala bilan urib chiqilgan, bu hozirgacha saqlanib keladi. Afrasiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalaridagi turar joy qoliqlari X-XI asrlarda ham paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o`rin tutganini bildiradi. Naqqoshlik va o`ymakorlik san’ati IX-XII asr boshlarida ancha rivoj topadi; imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Xattotlik xalq san’atining muhim vakeng tarqalgan sahalaridan bo`lib, bu davrda hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo`lyozma kitoblardan nusxalari faqat qo`lda ko`chirilishi tufayli xattotlik rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatildi. Musiqa san’ati ham IX-XIII asr boshlarida taraqqiy qilib, sozandalar ud, tanbur, qo`biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo`shnay, qonun kabi torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg’ulardan keng foydalangan. Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o`zbek xalqining kuyi Shashmaqomga asos bo`lgan Rost, Xusravoniy, Boda, Ushshoq, Buslik, Zerafkanda, Sipohon, Navo, Basta, Tarona 97 kabi mumtoz kuylari ijod etilgan. Musiqa san’ati she’riyat va musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling