Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Movarounnahr va Xorazm madaniyatida yangi davr


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Movarounnahr va Xorazm madaniyatida yangi davr 
(IX - XIII asr boshlari) 
Madaniy va ma’naviy uyg’onish. IX asrning 2-yarmida xalifalik 
hukmronligi tugab, Somoniylar davrida Madaniyat rivoji uchun keng yo`l ochiladi. 
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Nishopur shaharlari ilmiy va madaniy 
markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Movarounnahrning madaniy hayotida 
uyg’onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur 
kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do`konlari qurilgan. 
1004 yil shakllangan «Dorul hikma va maorif» (Bilimdonlik va maorif uyi) - 
«Ma’mun akademiyasi» asosini Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Hammor (991-1048), 
Masihiy (970-1011), Beruniy (973 –1048), ibn Sino (980-1037) tashkil etgan. 
Mahmud G’aznaviy 1017 yil Xorazmga bostirib kirib, olimlarning ko`pchiligini 
G’azna shahriga olib ketgach «Dorul hikma va maorif» faoliyati tugatilgan. 1997 
yil 11 noyabrda Prezidentning «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil 
etish to`g’risida»gi farmoni chiqdi. 2006 yil kuzida «Xorazm Ma’mun 
akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.
Abu Nasr Forobiy (873-950) Aris suvining Sirdaryoga quyilishida 
joylashgan Farob shahrida tug’ilgan. U avval Forobda, so`ngra Samarqand, Buxoro 
va Bag’dodda bilim olgan, umrining oxirida Xalab va Damashqda yashagan. 
Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, 
tarbiyashunoslik, adabiyot sohalarida ijod qilgan. U 160 dan ortiq asar yozgan, 
jumladan Arastuning «Metafizika» asariga sharh», Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga 
erishuv haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Fozil odamlar shahri». 
Forobiy Sharqda Arastu (Aristotel)dan keyin - «Muallimus Soniy» nomi bilan 
shuhrat topdi.


94 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida 
mahalliy amaldor oilasida tug’ilgan. Maktabni bitirgach ustozi Abu Abdullohdan 
mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o`rganadi. 16 yoshidan boshlab turli 
fanlar bo`yicha Sharq va G’arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o`rganadi. 
Ayniqsa tabobat ilmi bo`yicha qadimgi allomalar Gippokrat va Galen, o`rta asr 
Sharq hakami Abu Bakr ar-Roziy (865-925) asarlarini puxta o`rganadi. Ibn Sino 17 
yoshida e’tiborli hakim va olim bo`lib etishdi. U amir Nuh ibn Mansurni da’volab 
somoniylar saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino Gurganch 
(Urganch)dagi Xorazm Ma’mun akademiyasida ijod qiladi, u 1037 yil Hamadonda 
vafot etgan.
Ibn Sino 450 dan ortiq, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik 
«Al-qonun fit-tib» (Tib qonunlari) asarida kasallik sabablari, tashxis, muolaja 
usullari, dorivor o`simliklar va dorilarning xususiyatlari, parhez, salomatlik uchun 
jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi masalalarga e’tibor berilgan. Uning «Al-
qonun fit-tib» asari XII asrda lotinchaga tarjima bo`lib XVII asrgacha Evropa 
tabobatida asosiy qo`llanma sifatida foydalanilgan. Ibn Sino Sharqda «Shayx ur-
rais», G’arbda «Avisenna» nomi bilan mashhur bo`lgan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Kat shahrida tug’ilib, Urganchda ta’lim 
olgan. Abul Abbos Ma’mun II saroyida olimlar bilan «Ma’mun akademiyasi»da 
ijod qilgan. Beruniy 1017 yil Mahmud G’aznaviyning talabi bilan G’azna shahriga 
boradi va umrining oxirigacha G’aznada yashagan. Beruniy falakiyot, geografiya, 
matematika, tarix fanlari bo`yicha 160 dan ortiq asar yozgan. Yirik asarlari 
«O`tmish avlodlardan qolgan 
yodgorliklar», 
«Hindiston», 
«Geodeziya», 
«Mineralogiya».
Beruniy astranomiyaga oid asarlarida Kopernikdan besh asr oldin erning 
quyosh atrofida aylanishini 1-bo`lib ilgari surdi; erning dumaloq shaklda ekanini 
asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari va kattaliklari qayd etilgan 
jadval va dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniy nomiga shaharlar, 
Sharqshunoslik instituti, Texnika universiteti, Beruniy nomida Davlat mukofoti 
tasis etilgan.


95 
Abul Qosim Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) Xorazmning Zamaxshar 
qishlog’ida tug’ilgan. U Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag’dod, Hirot, 
Makkada shaharlarida yashab arab tili, adabiyoti, maqollari, urf-odatlarini; diniy 
ilmlarni, xattotlik san’atini chuqur o`rgandi, u mintaqa geografiyasiga oid 
ma’lumotlar to`playdi.
Zamaxshariy 50 dan ortiq asarlar yozgan bo`lib, u «Arab va g’ayriarablar 
ustozi», «Xorazm faxri» nomlari bilan ulug’langan. Uning ayniqsa arab tili 
fonetikasi va morfologiyasiga oid «Al-mufassal», Qur’on tafsiriga oid «Al-
kashshof» asarlari musulmon olamida mashhurdir. Qohiradagi Al-Azxar 
dorilfununi Qur’on tafsirini «Al-kashshof» asosida o`rganadi.
Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197) Rishtonda (Farg’ona) tug’ilgan, u 
4 jildlik «Hidoya» asarini yozgan mashhur faqih (huquqshunos) olimi. Al-
Marg’inoniyning bir qancha tillarga tarjima qilingan «Hidoya» asari bir necha 
asrlar davomida islom huquqshunosligi bo`yicha nazariy va amaliy qo`llanma 
bo`lib kelmoqda, 2000 yil uning 910 yilligi nishonlandi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling