Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
O`rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan
«Bayt ul-hikma». IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi o`zgarishlar madaniyatga ham kuchli ta’sir qildi. Arablar istilo qilgach islom dini, arab tili va imlosi joriy etildi. Arab tili xalifalikning davlat va fan tili edi. SHarqning yirik ilm va madaniyat markazi Bag’dod shahri edi. IX asrda Bog’dodda «Bayt ul-hikma» tashkil etilgan, unda katta kutubxona, Bag’dodda va 91 Damashqda astronomik rasadxona mavjud edi. Olimlar unda tadqiqotlar bilan birga qadimgi hind, yunon olimlari ilmiy merosini o`rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullangan. Movarounnahr va xurosonlik olimlar Al- Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos Javhariy, YAhyoo bin Abu Mansur «Bayt ul-hikma»da ijod qilgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) turli sohadagi bilimlarini Xorazm va Movarunnahr shaharlarida ko`p ustozlardan oladi. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida «Bayt ul-hikmat»da mudir sifatida faoliyat ko`rsatadi. Xorazmiy matematik, astronom, geograf olim sifatida 20 dan ortiq asarlar yozgan, faqat 10 ta asari saqlangan. Xorazmiy matematikaga doir «Al-jabr val-muqobala», «Hind hisobi haqida», geografiyaga oid «Kitob surat ul-arz» (Er surati), astranomiyaga oid «Zij» va «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», tarixga oid «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» kabi asarlari bor. Al-Xorazmiy «Al-jabr val-muqobala» kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo`lib Algebra faniga asos soldi. «Algebra» atamasi ushbu asarning qisqacha «al-jabr» deb atalishidir. Xorazmiy nomi matematika fanida «Algoritm» atamasi shaklida o`z ifodasini topgan. «Al-jabr» asari asrlar davomida er o`lchash, ariq chiqarish, bino qilish, merosni taqsimlash, hisob va o`lchov ishlarida dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Xorazmning bu risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o`nlik hisoblash tizimining Evropa va dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Xorazmiy al-jabrni mustaqil fan darajasiga ko`tarib, algebra faniga asos soldi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy (797-865) «Bayt ul-hikmat»da faoliyat ko`rsatgan astranom, matematik va geograf olim. U Farg’ona vodiysining Quva shahrida tug’ilgani uchun Sharqda Al-Farg’oniy, Evropada Alfraganus, nomi bilan shuhrat topgan. Farg’oniy Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o`rnini aniqlash, yangicha «Zich» (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832-833 yy. Suriya shimolida Sinjor dashtida va Ar-Raqqa oralig’ida er meridiani 1 darajasining uzunligini o`lchashda qatnashdi. 92 Farg’oniy rahbarligida 861 yil Nil sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini o`lchaydigan «Miqyos an-Nil» inshooti qayta tiklandi. Al-Farg’oniyning 8 ta asari bizgacha etib kelgan; ular orasida «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum» kitobi ham bor, bu kitob XII asrda lotin va ibroniy tillarga tarjima qilinib, nafaqat Sharqda, balki Evropada ham astranomiya ilmi rivojini boshlab berdi va alloma nomi XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga berilgan. Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi 1998 yil oktyabrda nishonlandi va Farg’ona shahrida uning nomi bilan bog’ yaratilib, haykali o`rnatildi. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy - Imom al–Buxoriy (810-870) muhaddis ulamo, islom ta’limotiga oid 20 dan ortiq asr yozgan. Imom al-Buxoriyning «Al- Jomi’ as–Sahih» asarga 7275 ta hadis kiritilgan. Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi 1998 yil oktyabrda nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida «Yodgorlik majmui» barpo etildi, 4 jildlik «Al-jomi’ as-sahih» kitobi ilk bor o`zbek tilida nashr etildi. Abu Iso Muhammad at–Termiziy (824-894) Movarounnahrlik muhaddis ulamolardan biri, Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi. Hadis (arab. rivoyat, naql) - Qur’ondan keyingi muqaddas manba, Muhammad (s.a.v.)ning faoliyati va ko`rsatmalari haqida ma’lumotlar yig’indisi. Abu Mansur al-Moturidiy (870-944) kalom ilmiga hissa qo`shgan alloma. U 870 yil Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog’ida tug’ilib, 944 yil Samarqandda vafot etgan. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlariga oid asarlar yozgan. Uning «Kitob at-Tavhid» (Allohning birligi) va «Ta’vilot ahl as-sunna» (Sunniylik an’analari sharhi) asarlari saqlanib qolgan. Ularda diniy ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashi shakllanishi mohiyati talqin etilgan. Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi 2000 yil noyabrda nishonlandi. Samarqandda yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari o`zbek tilida nashr etildi. Alloma haqida I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida: “Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqrdini tuzatuvchi” degan sharafga sazovor bo`lishi 93 bu nodir shaxs (Moturudiy)ning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi” – degan edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling