Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mustaqillik uchun kurash. Xorazmni 1017 yil Mahmud G’aznaviy zabt 
etgach, Xorazm o`z mustaqilligidan mahrum bo`lgan. Xorazm 1040 yil Saljuqiylar 
davlatiga qaram bo`lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o`z ma’murlaridan 
Anushteginni (1076-1097) Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan 
so`ng, uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) Xorazmda noiblik qiladi, 
u garchi «Xorazmshoh» unvonini tiklasada, biroq saljuqiylarga tobe edi.
Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o`g’li Otsiz (1127-
1156) nomi bilan bog’liq. U dastlab turkman va qipchoqlarni bo`ysundiradi. 
Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog’liq bo`lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq 
yarim orolini egalladi. Otsiz Kaspiy dengizidan to Sirdaryoning o`rta oqimiga 
qadar bo`lgan erlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.
Xorazmshoh Anushteginlar davlati. Otsizning siyosatini unin vorislari 
Elarslon (1156-1172), Sultonshoh Mahmud (1172) va Takash (1172-1200) 
davom ettirdi. XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy 
vaziyat yanada keskinlashadi. Saljuqiy Sulton Sanjarga qarshi ko`chmanchi 
o`g’uzlar 1153 yil isyon ko`targach, Saljuqiylar davlati zaiflashdi. Saljuqiylardan 
dastlab Kichik Osiyo va Kerman ajralib ketadi, so`ngra Fors, Ozarboyjon, Xuroson 
viloyatlari mustaqil bo`ladi. Xorazm davlati ayniqsa Otsizning nabirasi Takash 
davrida juda kengayib, u 1187-1193 yy. Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib 
oladi. U 1194 yil saljuqiy To`g’rulga zarba berib Eronni bosib oldi.
Xorazmni kengaytirish siyosatini Takashdan so`ng uning o`g’li Alovuddin 
Muhammad (1200-1220) ham davom ettiradi. U 1206 yildan boshlab 
Movarounnahrni qoraxitoylarning qaramligidan ozod etishga kirishadi. 1210 yil 
Talos vodiysida qorxitoylar mag’lubiyatga uchradi va Ettisuvga qadarli erlar 
Xorazm tasarrufiga olindi. XIII asr boshida Xorazmning shimoli g’arbiy va g’arbiy 
chegaralari Orol va Kaspiy dengiz sohillaridan janubiy-g’arbda Iroqqa qadar 
bo`lgan. Janubi-sharqiy hududlari G’azna viloyatidan, shimoli-sharqiy chegarasi 
Ettisuv va Dashti Qipchoqdan o`tar edi. Xorazm davlatining poytaxti Urganch 
shahri edi. Muhammad Xorazmshoh «Iskandari soniy» deb ulug’langan, uning 
saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari itoatda bo`lgan.


89 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling