Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mas’ud G’aznaviy (1030-1040) davrida viloyatlar qo`ldan ketib, tanazzulga yuz 
tutgan. G’aznaviylar davlati 1186 yil butunlay tugatilgan. 
Davlat boshqaruvi. Vazir tizimida harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, 
moliya va xabar-pochta devonlar bo`lgan. Viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi 
rais deyilgan. Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shaharlarda kutvol amalga 
oshirgan. Bosh qo`mondon - sipohsolor, lashkarboshi - solor, harbiy qismlar 
boshlig’i - sarxang deb atalgan. Qo`shinda harbiy kemalar ham bo`lgan. 
Ilm-fan, madaniyat. G’aznaviylar davlatida ilm-fan, madaniyat, adabiyot 
rivojlangan. Mahmud G’aznaviy turkiy ona tili bilan birga fors, arab, pahlaviy 
tillarni ham bilgan, she’r bitgan. Saroyda 400 dan ortiq olim, shoir, san’atkorlar 
ijod qilgan. Beruniy, Nosir Xusrav, Gardiziy, Bayhaqiy kabi mutafakkirlar 
G’aznada yashagan. Beruniy «Qonuni Mas’udiy», Bayhaqiy «Tarixi Mas’udiy» 
asarlarini sulton Mas’udga bag’ishlagan. Firdavsiy «Shohnoma» dostonini 
Mahmudga taqdim etgan. G’azna, Balx, Nishopur, Lohur shaharlarida madrasa, 
masjid, xonoqo, saroylar qurilgan, kutubxonalar faoliyat ko`rsatgan. 


85 
Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr 
Qarluqlar X asr o`rtalarida Issiqko`l janubi va Qashg’arda yashagan yag’mo 
qabilasi va shimoli sharqda yashagan chigil qabilasi, sharqroqda qaror topgan 
o`g’uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashgan. Bu hududda dastlab 
«Xoqoniya o`lkasi «deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Bu davlat hukmdorlari 
«jabg’u» unvoni o`rniga o`zlarini «Qoraxon», ya’ni «buyukxon» deb ataydilar. 
«Xoqoniya» XI-XII asrlarda kuchaygach «Qarluq-Qoraxoniylar» davlati nomini 
olgan.
Bu davlat bir nechta qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani uchun 
hukmdorlari «arslonxon», «bug’raxon» «tavg’achxon» unvonlari bilan yuritilgan. 
Bu uch so`z oliy darajali hukmdor ma’nosini anglatgan. Qadimda turkiy xalqlarda 
buyuklik yoki ulug’lik «qora» so`zi bilan sifatlangan. Taxta o`tirgan Arslonxon, 
Bug’roxon va tavg’achxonlar «Qoraxon» deya e’tirof etilgan. Davlati ramziy 
ravishda Qoraxoniylar davlati nomi bilan shuhrat topgan.
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 992 yil Horun Bug’raxon 
boshchiligida boshlanadi. Somoniylarda ichki ziddiyat kuchaygani uchun 
Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar. Somoniylar hukmdori Nuh 
ibn Mansur G’aznadagi noibi Sabuqteginni yordamga chaqiradi. U 20 minglik 
qo`shin bilan Nuhga qo`shiladi va qoraxoniylarni tor-mor qiladi. Nuh buning 
evaziga Sabukteginni Xurosonga noib etib tayinlaydi. G’azna va Xurosonda 
Sobuqtakin va o`g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.
Qoraxoniylar 996 yil Movarounnahrga yana hujum boshlaydi. Sabuqtegin 
xiyonat qilib Buxoroni egallaydi va qoraxoniylar bilan muzokara olib boradi. 
Sabuktegin va qoraxoniylar shartnoma tuzadi: Sirdaryo havzasi qoraxoniylarga 
o`tadi; Sabuktegin Amudaryo janubidagi erlarga - Xurosonga hukmdor bo`ladi; 
Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi xolos. Nasr 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling