Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Hunarmandchilikning to`qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, 
zargarlik, shishasozlik, duradgorlik kabi turlari Movorounnahr va Xorazm 
shaharlarida rivojlangan. Shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o`zgarib katta 
oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar 
qad ko`tardi. Endilikda shaharlar 10 dan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik 
markaziga aylandi. Shaharning do`nglik erida joylashgan arkda podsho qarorgohi - 
dargoh, xazina, chaqa-tanga chiqaradigan zarbxona va qamoqxona bo`lardi. 
SHahar markazida: registon maydoni, devonlar, mahkama saroyi; amirzodalar, 
saroy 
a’yonlari, 
ruhoniylar, 
mulkdor 
dehqonzodalar 
va 
davlatmand 
savdogarlarning qasrlari; qurol, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar
hunarmandchilik do`konlari va savdo rastalari joylashgan.
Samarqandda yuqori navli qog’oz ishlab chiqilar edi. Shosh - ko`nchilik 
mahsulotlari va charim mollari bilan, Iloq - kumush va qo`rg’oshin konlari, 
kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda - qayiqsozlik 
taraqqiy qiladi (Termizda ham yasalgan). Buxoroning Zandana qishlog’ida 
to`qilgan mallarang bo`z «Zandanachi», Samarqandning Vador qishlog’ida 
to`qilgan «Vadoriy» matolar SHarqda mashhur bo`lgan.
Konchilik IX-X asrlarda taraqqiy qilib, Zarafshon va Farg’ona vodiysi 
tog’laridan temir, qo`rg’oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib 
chiqarilgan. Farg’onadan toshko`mir va neft’ topib ishlatilgan. Eloq viloyati 
kumush va qo`rg’oshin qazib olish markazlardan biri edi.


81 
Ichki va tashqi savdo IX-X asrlarda kengayib, qadimgi karvon yo`li 
bo`ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar 
o`tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Shimoliy yo`l orqali 
Janubiy Sibir va Mo`g’ilistonga Movarounnahrdan bo`z, kiyim, egar-jabduq
qilich, idish, zargarlik buyumlari, dori, quruq meva, kunjut, zig’ir moyi olib 
borilgan. Sibirdan turli qimmatbaho mo`ynalar, chorva mollari va chorvachilik 
mahsulotlari keltirilgan. Itil, Xazar va Bulg’orga Movarounnahr va Xorazmdan 
guruch, quruq mevalar shirinliklar, tuzlangan baliq, paxta, shoyi matolar, movut, 
kimxob, gilamlar olib borib sotilgan; Bulg’or va Xazardan mo`yna, sham, cho`qqi 
qalpoqlar keltirilgan. 
Olimlar aytishicha VII-IX asrlarda Xitoy bilan savdoda choy, ipak mato, tuz 
va ot asosiy o`rinda turgan. Har bir ot Xitoy bozorida (to`pi 12,8 m.) 50 o`ram ipak 
matoga ayirbosh (barter) qilingan. Har bir otning narxi 56 kg. oliy navli choyga 
teng bo`lgan. Bir necha «jin» (600 g) choyga bir bosh qo`y almashtirilgan. Xitoyga 
shisha va shisha buyumlar chiqargan. VII-VIII asrlarda choy asosiy import 
mahsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha «cha», «ming» deyilgan xushbo`y choy 
o`simligi va seleksiyasi Sharqiy Turkiston orqali Turkiston va boshqa 
mamlakatlarga tarqalib chanqoqbosdi ichimlikka aylangan.
Pul. Ichki bozorda «fals» deb atalgan mis chaqa, Xalqaro savdoda kumush 
tanga - dirham ishlatilgan. Mis chaqalarni markaziy hokimiyat ham, shuningdek 
sulola a’zolaridan bo`lgan ba’zi mahalliy viloyat hokimlari ham chiqarar edi. 
Kumush tangalar faqat hukumat boshlig’i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va 
Shoshda 
davlat 
zarbxonalarida 
so`qilar 
edi. 
Somoniylar 
«ismoiliy», 
«muhammadiy» nomli kumush dirhamlar chiqargan. Yuqori sifatli sof kumushdan 
zarb etilgan «Ismoiliy» tangasi asosan xalqaro savdoda ishlatilgan. Somoniy 
Abdumalik bin Nuh 961-962 yy. Samarqandda tanga zarb qilgan.


82 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling