Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Islom dini ruhoniylarining Movarounnahr ravnaqiga hissasi katta bo`ldi. 
Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. 
Shaharlarda jome masjid, xonaqoh va namozgohlar qurildi. Musulmon Sharqidagi 
ilk madrasa Buxoroning kavushdo`zlar mahallasi yaqinida X asrda qurilgan Farjak 
madrasasi edi.
Ma’naviy hayotning asosi bo`lgan Islom mafkurasiga «ustod» deb atalgan 
din va ilm peshvolari rahnamolik qilgan. Bu nom keyinchalik «shayx ul islom» 
deyilgan, ustoddan keyin xatiblar turgan. Masjid, madrasa, xonaqoh qurilishi 
uchun maxsus joylar va xarajatlar ajratilgan. Islom dini aholining mustaqil xalq 
bo`lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mudofaa ishlari. Ismoil Somoniy saroyning maxsus muntazam 
sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo`shin tuzgan. Yaxshi va uzoq 
xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavozimiga ko`tarilgan. Xojiblarning boshlig’i 
«hojib ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi, bunday unvon Somoniylar 
saroyida oliy unvon hisoblangan.
Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
Sug’orma dehqonchilik bilan IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm 
aholisining asosiy qismi shug’ullanar edi. Sug’orma dehqonchilikda g’alokorlik, 
sholikorlik, paxtachilik, sabzovotchilik, polizchilik, bog’dorchilik yuqori darajada 
rivojlangan. Vahalarda paxtachilik katta o`rinni egallagan. Bog’dorchilik 
madaniyati keng ravnaq topgan. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz 


80 
ekinlari serob bo`lib, qovunlari shirali bo`lgan. Dehqonchilik solig’i - xirojdan 
xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining katta qismini qoplagani 
uchun Somoniylar dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
Chorvachilik Movarounnahr va Xurosonda IX -X asrlarda yuksak darajada 
rivojlanib, dasht va tog’oldi yaylovlarida qo`y-echkilar, yilqi va tuyalar boqilgan
qishloqlarda qoramollar behisob bo`lgan. Chorvachilik aholini chorva mahsulotlari 
bilan ta’minlab, yana xo`jalikning hamma sohalari, ayniqsa qo`shin uchun ot-
ulovlar etkazib bergan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling