77
tayinlaydi (Tohiriylar hukmronligi). Ma’mun
Somonxudotning nabiralarini shahar
va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi: Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona,
Yahyoga
Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga somoniylar
Movarounnahrning yillik xirojidan katta mablag’ni
tohiriylar orqali xalifa
xazinasiga yuborib turadi.
Tohir mustaqillikka intilib 822 yil xalifa nomini xutbadan chiqarib yuboradi.
Tohir to`satdan vafot etgach, uning o`g’illari
Talxa va Abul Abbos Abdulloh
Xuronga birin-ketin noiblik qiladi.
Abul Abbos Abdulloh (830-844)
poytaxtni
Marvdan Nishopurga ko`chirdi. Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi
tohiriylar tomonidan tan olinadi va tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora
etadi. Bu Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik
hukmronligining tugaganligini bildiradi.
Safforiylar. Tohiriylar zamonida ham mehnatkashlar ahvoli og’ir bo`lib,
mulkdor
dehqonlar zulmidan, davlatning og’ir soliqlaridan bezor bo`lgan xalq
qo`zg’olon ko`taradi, ularga «g’oziylar» ham qo`shiladi. Qo`zg’olonga safforiylar -
aka-uka
Yaqub va
Amr ibn Lays boshchilik qiladi. Ular 873 yil Xuroson poytaxti
Nishopurni egallaydi, natijada Tohiriylar (821-873)
hukmronligi tugatilib,
hokimiyat Safforiylar (873-900)ga o`tadi.
Tayanch tushunchalar: Qarluqlar
- turkiy qabilalardan biri, dastlab
Oltoyning g’arbida, so`ng Irtish daryosi o`rta oqimida yashagan.
O`g’uzlar - O`rta Osiyoda yashagan turkiy qabila.
Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida
hukmronlik qilgan sulola
(821-873), rasman abbosiylarga qaram bo`lgan. Sulolaga 821 yil Tohir ibn Husayn
asos solgan.
Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (873-900).
Safforiylar nomi uning asoschisi Yaqub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan, yirik
hukmdorlari: Yaqub ibn Lays (873-879), Amr ibn Lays (879-900).
Xutba - juma namozida hukmdor nomini aytib, haqiga duo o`qish.
G’oziy - Haq din uchun kurashuvchi jangchi.