Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqanna - Niqobdor
- Qo`zg’olon boshlanishi
«Oq kiyimlilar» qo`zg’oloni
Movarounnahrda 769-783 yy. juda katta xalq qo`zg’oloni bo`lgan. Qo`zg’olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda «Oq kiyimlilar» qo`zg’oloni 73 nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna - Niqobdor deb atalgan Marvlik hunarmand Xoshim ibn Hakim edi. Muqanna Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog’ida tug’ilgan; u yuziga ko`k parda tutib yurgani uchun «Muqanna» ya’ni «Niqobdor» laqabi bilan atalgan. Muqanna yoshligida kudungarlik (matoga ohor beruvchi) kasbi bilan shug’ullangan, u savodli, aqilli va tadbirkor bo`lgan. Muqanna Xurosonda sarxang (kichik lashkarboshi)likdan vazirlik darajasigacha ko`tarilgan. Muqanna Mazdak g’oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ’ib etgan. U Xuroson amirining isyonida qatnashib, payg’ambarlik da’vo qilgani uchun zindonga tashlangan. Muqanna qochib Marvga kelgach o`z tarafdorlarini to`plab ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo`zg’alishga da’vat qiladi. U o`z targ’ibotchlarini Movarounnahr viloyatlariga yuborgan: uning targ’iboti Naxshab va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. Qo`zg’olon boshlanishi. Qo`zg’olonga rahbarlik qilish uchun Muqanna Marvdan Sug’dga yo`l oladi va Amudaryoning o`ng qirg’og’iga o`tib, Naxshab va Kesh shahriga etib boradi. U Kesh yaqinida tog’ tepasidagi Som qal’asini o`z qarorgohiga aylantirdi. Muqannaga ko`pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar hunarmandlari va ayrim mulkdor dehqonlar ergashadi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi Muqanna tarafdorlari qo`liga o`tadi. «Oq kiyimlilar» harakati kengayib xalq qo`zg’oloniga aylanadi. Qo`zg’olon ayniqsa Movarounnarrning markazi Sug’dda avj oladi. Qo`zg’olon Eloq (Ohongaron) vodiysi va Shoshga ham o`z tasirini o`tkazadi. Qo`zg’olonga zarba berish uchun xalifa Mansur 775 yil Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. U katta talofat berib zo`rg’a Samarqanddagi arab qo`shinlariga kelib qo`shiladi. Qo`zg’olonchilar yordamga kelayotgan arab qo`shinlarini Termiz yaqinida tor-mor qiladi. Naxshob va Chag’oniyon vohalari qo`zg’olonchilar qo`liga o`tadi. «Oq kiyimlilar» qo`zg’oloni 776 yildan boshlab Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal’asi qarorgohga aylantirildi, unda qo`zg’olonchilarning katta qismi to`plangan. Qo`zg’olonchilar 4 oy davom etgan kurashdan so`ng mag’lubiyatga uchraydi. 74 Arablar endi asosiy kuchni Samarqand va Keshga tashlaydi. «Oq kiyimlilar» va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi ikki yil jang qildi. Qo`zg’olonchilar engilib, Samarqand taslim bo`ldi. Narshax va Samarqandda «Oq kiyimlilar» engilgach, arablarga mahalliy mulkdor tabaqa vakillari yordam bera boshlaydi. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo`lib o`tadi. Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi 783 yil qamalga olinadi, uzoq davom etgan qamaldan so`ng muqannachilar taslim bo`ladi. Arablarga taslim bo`lishni istamagan Muqanna o`zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo`ladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling