Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qo`zg’olonchilarga yon berilishi. Xuroson noibi Ashros aholini 
tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida islom dinini qabul 
qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olmaslikka qaror qildi. Bu aholini 
tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir bo`lsada, zodagon dehqonlar o`z 
chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga 
o`tadi.
Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738-748) o`z mavqeini 
mustahkamlash maqsadida moliya islohati o`tkazadi: islomni yangi qabul qilganlar 
jiz’yadan ozod etildi; barcha musulmonlar huquq jihatidan tenglashtiriladi; er 
egasining e’tiqodidan qat’i nazar xiroj to`lashi shart qilib qo`yiladi. Oliy martabali 
arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o`rtasidagi qardoshlik aloqalari 
o`rnatiladi, Nasr ham Buxorxudotning qiziga uylanadi, bunday siyosat natijasida 
arablar bilan mahalliy zodagonlar o`rtasida ittifoq yuzaga keldi. Birq, 


71 
Movarounnahr baribir xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o`lkalardan biri bo`lib 
qolaverdi. 
VIII asrning 40-yillarida Xalifalikda taxt uchun kurash kuchayadi va 
Muhammad payg’ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali 
xalifalik uchun kurash boshlaydi. Ummaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib 
tashlashda ayblandi va Xalifalikda ummaviylarni ag’darish uchun harakat 
boshlandi. 
Abbosiylar davrida norozilik kuchayishi. Ummavilarga qarshi norozilik 
xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchaydi. Bunga xiroj solig’i miqdorining 
oshib ketishi va majburiy xashar ishlari sabab bo`ladi. Ummaviylarga qarshi 
targ’ibot qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga targ’ibotchilar yuboradi. 
Abbosiylar targ’ibotiga rahbarlik qilish uchun kufalik Abu Muslim 746 yil 
Xurosonga keladi va aholini payg’ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling