Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
3-§. Arab xalifaligi O`rta Osiyoni fath etishi. Xalq qo`zg’olonlari (VII-VIII asrlar) Islom dini vujudga kelishi. Arabiston yarim orolidagi arablar qadimdan tarqoq holda yashagan. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu e’tiqod yakka xudolikka asoslangan islom dini edi. Bu harakatga Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida tug’ilgan Muhammad (s.a.v.) binni Abdulloh (570-632) rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» (musulmonlar) deb atalgan. Musulmonlar insonlar Xudo oldida teng ekani, rizq-ro`zini barchaga YAratguvchining o`zi etkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ’ib etadilar. «Islom» - «bo`ysunish», «itoat etish», «o`zini Alloh irodasiga topshirish» degan ma’nolarni anglatadi. Islom bayrog’i ostida Makka shahrida boshlangan islom dini targ’iboti (622 y. 16 iyul) Madinaga ko`chadi. 622 yil 16 iyuldan Xijriy qamariy yil hisobi boshlandi. Muhammad (s.a.v.) 630 yil arablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa deb e’lon qilinadi. Qur’oni Karim o`z ichiga islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini qamrab olgan. Arablar islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, islom jahon diniga aylanishida Qur’onning ahamiyati buyuk bo`ldi. Arab xalifaligi - barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)ning o`rinbosari (xalifalar) qo`lida to`plangan davlat. Arab xalifaligi Misr, Suriya, Falastin, Iroq va Eronni bo`ysundirib, behisob o`ljalarga ega bo`lgach harbiy yurishlarni O`rta Osiyoga qaratdi. Arablar 651 yil 67 Marv shahrini jangsiz egalladilar (O`rta Osiyoga ilk yurishi). So`ng Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoliy–sharqi, janubiy Turkmanistondan Amudaryogacha bo`lgan hududlar istilo qilindi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb atagan. Xurosonning markazi Marv shahri edi. Xuroson viloyatini boshqarish uchun maxsus noib tayinlaydi, noib Marvda turgan. Arablar Xurosonga o`rnashib olgach Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko`radi. Amudaryoning shimolidagi erlarni arablar Movarounnahr «daryoning nargi tomoni» deb atagan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling