Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Shahar me’morchiligi. O`rta Osiyoda V-VII asrlarda shahar va 
qishloqlarning qiyofasiga, aholisining turmush tarzi va ahvoliga: 1) erga egalik 
qilish munosabatlarining o`rnatilishi va mustahkamlanib borishi; 2) ko`chmanchi 
chorvadorlarning kirib kelishi va o`troqlashuvi, jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Buning 


63 
oqibatida ziroatkor erlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta’minoti tubdan 
yaxshilandi. Tog’oldi erlarga suv chiqarilib, yangi erlar o`zlashtirildi, shaharlar 
gavjumlashdi.
Qishloqlarda Ko`shk, Qasr, Qo`rg’on va Qo`rg’oncha kabi istehkomli turar 
joylar qad ko`tardi. Istehkomli qasr, qo`rg’on va ko`shklar asosan tashqi dushman 
hujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to`planadigan joy, ma’muriy markaz, 
oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor vazifasini o`tagan. O`rta asrlarda 
shaharlar 3 qismdan iborat bo`lib, ular ko`handiz, shaxriston, rabod deb yuritilgan.
Uchala qism ham alohida devor bilan o`ralgan va bir nechta darvozasi bo`lgan. 
Shahar devorlari bo`ylab oqib o`tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. O`rta asr 
arab mualliflari (Ibn Xavqal, Ishtaxriy) Binkat (Toshkent)ning 22 ta darvozasi 
bo`lganini qayd etadi. 
VI-VII asrlarda madaniyat. Yozuv. Bu davrda Sug’d, Xorazm va 
Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo`lgan. Sug’d va Xorazm 
yozuvchilari oromiy yozuvi asosida yuzaga kelgan. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi 
asosida shakllangan. Xat, hujjat va axborotlar kabi maktubotlar asosan charm
yog’och, sopolga va kamdan-kam qog’ozga bitilgan. Qog’oz nixoyatda 
qimmatbaho bo`lganligi uchun kam ishlatilgan. Ayrim bitiklar podsho saroylari va 
ibodatxona devorlariga ham yozilgan. Ular orasida elchilik maktublari, xo`jalik 
kirim-chiqimlari, yuridik shartnomalar, astranomik hujjat, tarixiy yodnomalar, 
diniy aqidalar bitilgan qo`lyozmalar bor. 
Sug’d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug’ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi 
Turfan shahri yaqinida va Afrosiyobda saqlanib qolgan. Ularda Sug’dning siyosiy 
tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodi xususida ma’lumot 
keltirilgan. Sug’dda o`g’il bolaga 5 yoshdan yozuv va hisob o`rgatilgan, 20 
yoshdan savdoni o`rganish uchun boshqa mamlakatga jo`natilgan. (VIII asrga oid 
Sug’diy qo`lyozma parchasi topilgan.) 
Uyg’ur va Turk yozuvlari Sug’d xati asosida shakllangan. Uyg’ur yozuvidan 
keyinchalik mo`g’ul va manjur xatlari paydo bo`lgan. Sug’diylarning kattagina 
guruhi doimo turk xoqonlarining qarargohida yashagan, ularning ayrimlari saroy 


64 
a’yonlari va ma’murlari qatoridan o`rin egallab, maslahatchi, elchi, xat va savodga 
o`rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar.
Turkiy run (ko`kturk) xati ham keng qo`llanilgan, bu yozuv biri ikkinchisiga 
tutashib ketadigan 38-40 harfdan iborat bo`lib, u tosh va yog’ochga o`yib yozishga 
qulay edi. Ko`kturk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy, Sharqiy 
Turkiston, Ettisuv, Farg’ona va Zarafshon vodiylaridan topilgan. Ular qabrtoshlari, 
sopol va metal buyumlar, yog’och hamda tanga pullarga bitilgan. Ilk o`rta asrlarda 
yurtimizda sug’d, xorazm, toxar, turkiy run (ko`kturk) yozuvlari mavjud bo`lgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling