Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug’d
- Toxariston
Mahalliy hokimliklar
V-VII asrlarda mamlakat bir qancha hokimliklarga bo`linib ketadi. Viloyat va yirik shaharlardan iborat 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi. Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so`ngra Turk xoqonligiga bo`ysungan. Ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga aralashmaydi. Hokimliklar markaziy hokimiyatga boj to`lab turish bilan o`z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladi. Sug’d. Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug’d ixshidlari - voha hukmdorlari edi. O`rta asr davlatlari ittifoqida Sug’d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi. Bu ittifoqda Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining 11 ta yirik mulklari birlashgan edi. Ularning har biri o`z hokimi, harbiy chokarlari va mis puliga ega edi. Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi bino 61 qilingan. Har yili unda o`tkaziladigan xotira marosimida viloyat hukmdorlarining barchasi ishtirok etardi. Sug’dda aholi gavjum yashagan. Sug’diylar dehqonchilik va bog’dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda sohibkor edi. Chorvachilikda Sug’dning xisori qo`ylari va tulporlari juda mashhur edi. Sug’d shaharlari bu davrda hunarmandchilik markaziga aylanadi. 718 yil hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg’adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo`shinini temir qalpoq (dubulg’a) bilan ta’minlagan. Sug’d tog’laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuz kovlab olinardi. Toxaristonda nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi joylashgan. Ular 27 tog’ va tog’oldi viloyatlaridan iborat edi. Toxariston poytaxti Balx shahri bo`lgan. Toxariston avval eftallar, so`ngra Turk xoqonligi tomonidan bo`ysundiriladi. Tohariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan, 25 harfli yozuv bo`lgan. Aholisining asosiy qismi o`troq dehqonchilik bilan shug’ullangan, ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Hozirgi janubiy O`zbekiston va Tojikiston, Shimoliy Afg’onistonni o`z ichiga olgan bu viloyat shimolda Hisor tog’lari, janubda Hindikush, g’arbda Murg’ob va Xerurud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston nomi mil. avv. II asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila - yuechjilar nomidan olingan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan, o`z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxariston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlari tarqalishida muhim rol o`ynagan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling