Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Diniy e’tiqodlar. O`rta Osiyoda VI-VII asrlarda Zardo`shtiylik,
Buddaviylik, Xristianlik, Moniylik va Qam (shamoniylik) dinlari mavjud edi. Aholining ko`pchiligi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan. Samarqand viloyatining Urgut tumani nafaqat Sug’dda, balki butun O`rta Osiyoda nasroniylik markazi hisoblangan. Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida Moniy dini ham ancha chuqur ildiz otgan edi. Moniy dini ta’limoti bo`yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi: yorug’lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iborat. Moniy dinining arkoni: ibodat, ro`za, sadaqa hisoblangan. Arkon - dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq, ma’muriyat. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan SHomonlik diniga e’tiqod qilgan. Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig’inish e’tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o`z dinini «qam» deb yuritganlar, chunki ularda «shomon» degan so`z bo`lmagan, bu din koinotni yo`qlikdan bor qilgan Ko`k Tangriga e’tiqod qiluvchi yakka xudolik dini hisoblanadi. Chorvador ko`chmanchi aholi Tangriga bag’ishlangan marosimlar o`tkazib, qurbonlikka qora qashqa ot so`yilgan. Qam- shomon - Ko`k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini. (Turkiy balbal mozortosh haykali topilgan.) San’at. Tasviriy san’atda - rassomlik va xaykaltaroshlik ravnaq topadi. Surxon vohasida Bolaliktepa, Zarafshon vodiysida Panjikent, Afrosiyob va Varaxsha, Farg’onada Quva kabi yodgorliklardan devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar topib o`rganilgan. Devoriy tasvirlar o`sha zamonning murakkab hayoti, diniy e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan aloqalar haqida hikoya 65 qiluvchi manbadir. Afrosiyob va Varaxshadan devoriy tasvirlar topilgan. (Zardushtiylarning VI-VII asrlarga oid ossuariylarida peshtoq ostida turgan shakllar tasvirlangan. Ayritomda arfa (chiltor) chalayotgan qiz tasvirlangan.) Xaykaltaroshlik rivojiga ayniqsa budda dini kuchli ta’sir ko`rsatgan. Buddaning bahaybat haykallari: Farg’ona vodiysida Quvadan, Qo`rg’ontepa yaqinida Ajinatepadan 12 metrli budda haykali topilgan. (Quvadagi buddaviylik ibodatxonasidan haykalning bosh qismi topilgan, Kofirqal’adan VII-VIII asrlarga oid odam boshi tasvirlangan sopol ko`za topilgan). Badiiy yog’och o`ymakorligi san’ati ham bu davrda yuqori darajada rivojlangan. Ilk o`rta asr ganchkorlik san’ati namunalari Buxoro hukmdorlari Varaxsha qarorgohida tadqiq etilgan, saroy devorlarini turli geometrik shakllar, mevali daraxt va o`simliklarning o`ymakor naqshlari, ov manzarasi bezab turgan. (Varaxshadan VI-VII asrlarga oid ganchkor Humo qushi tasviri, Olqor (tog’ echkisi) ovining ganchkor bo`rtma tasviri topilgan.) Musiqa. O`rta Osiyoda san’atning: musiqa, raqs, qo`shiqchilik, qiziqchilik, dorbozlik kabi sohalari ham rivojlangan edi. San’at sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent raqqoslari shuhrat topgan edi. Choch raqqoslari ijro etgan «Choch raqsi» va o`ynoqi «Doira raqsi» Xitoy a’yonlarini hayratga solgan. Buxoroda usta hunarmandlar 10 turdagi cholg’u asboblarini yasagan. Tayanch so`zlar va atamalar: Xoqon, Bumin, Istami, To`ng yabg’u, Sheri Kishvar, Abro`y, Budun; So`g’d, Toxariston, Farg’ona, Choch, Eloq, Ishtixon, Ustrushona; Bolaliktepa, Panjikent, Varaxsha. Mustahkam markazlashgan davlat - bu barcha hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir. Budun - chorvador aholi. Xoqon - buyuk hukmdor, podshoh, imperator. Yabg’u xoqon - xoqon urug’idan bo`lgan yurt hokimi. Shad - 10 ming qo`shin qo`mondoni. Yasoq - dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq. 66 Ixshid - viloyat hokimi. Kuhandiz (ark) - shaharning hokim qasri joylashgan qismi. Shahriston - shaharning ichki qismi. Rabod - shaharning tashqi mavzesi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling