69
Iqtisodiy oqibatlari. Buxoro, Poykand, Sug’d hukmdorlari sulh tuzishga
majbur bo`lgan, ulardan katta miqdorda boj va tovon undirib olindi.
Arablar
qo`shiniga minglab mahalliy yigitlarni jalb etdilar. Arablar harbiy kuchga tayanib
aholidan turli soliqlar undirib, aholini jamoa ishlariga safar etadi. Marv, Poykand,
Buxoro, Samarqand shaharlarida shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi
arablar va ajam (eronlik)larga bo`shatib berildi. Xiroj, ushr, zakot, jiz’ya soliqlari
joriy etiladi.
Islomlashtirish. Movarounnahrda siyosiy hokimiyatni mustahkamlash
uchun arablar aholi o`rtasida islomni yoyishga ahamiyat berdi. Movarounnahr
aholisining asosiy dini hisoblangan otashparastlik va boshqa dinlarga qarshi qattiq
kurash olib boradilar.
Ibodatxonalar vayron etilib, o`rniga jome masjidlari barpo
qilinadi. Islomni qabul qilganlar dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod
qilingan. Islomni qabul qilmaganlardan jon solig’i - jiz’ya undirilgan. Soliqlarni
o`z vaqtida to`lamagan kishilarning bo`yinlariga «qarzdor»
deb yozilgan taxtacha
osib qo`yilgan.
Bunday choralar Movarounnahrda islomning tarqalishiga yordam beradi.
Biroq ko`pchilik nomigagina musulmon bo`lib, uzoq vaqt pinhona o`z dinlariga
sodiq qoladi. Xalifalik tomonidan mahalliy urf-odat,
din va madaniyat poymol
etildi. Sug’d yozuvidagi kitoblarni, hujjatlarni va sanamlarni gulxanda yoqdilar.
Quvadagi budda ibodatxonsi haykallarini, Afrasiyob devoridagi
suratlarni vayron
qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: