Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Somoniylar davlati 
Somoniylar hukmronligi. IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida 
o`zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so`ngra Ahmad boshchilik qildi, ular o`z 
nomidan mis chaqa zarb etadi. Ahmad vafotidan (865) so`ng o`g’li Nasr 
Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini 
birlashtirish va Xurosondan ajratib olish choralarini ko`radi. Movarounnahrning 
deyarli barcha viloyatlari IX asr oxirgi choragida somoniylar tasarrufiga o`tadi. 
Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. 
Aka-uka Nasr va Ismoil o`rtasida taxt uchun kurash boshlanib Ismoil g’olib 
chiqadi. Ismoil 888 yil butun Movarounnahrni birlashtirdi.
Ismoil Somoniy o`rta asrlarning qobiliyatli, serg’aryrat va zukko davlat 
arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. U 
shimoli-sharqiy hududlarga yurish qilib, 893 yil Taroz shahrini zabt etdi va 
dashtliklarga zarba berdi. Movarounnahrning mustaqillikka erishishi Arab 
xalifaligiga yoqmas edi. Bir tomondan undirib olinadigan boylikdan mahrum 
bo`lishi ranjitsa, ikkinchi tomondan cho`chitar ham edi. Xalifalik bu boy 
viloyatlarga o`z ta’sirini qayta tiklashga urinib, safforiylar bilan somoniylarni 
to`qnashtirib, ikkisini ham zaiflashtirishga harakat qildi.
Xalifa Mu’tazid (892-902) Safforiylar hukmdori Amir ibn Laysga Xuroson 
bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida 
farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Safforiylar va Somoniylar 
o`rtasida 900 yil bo`lgan jangda Ismoil g’alaba qildi. Xuroson somoniylar qo`l 
ostiga o`tadi, xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo`ladi.
Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni birlashtirdi, Buxoro 
shahri poytaxt bo`ldi. Somoniylar mamlakat boshqaruvida dastlab ixcham 
boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdi: u amir dargohi va devon (vazirlik)lardan 
iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami, saroy a’yonlari, navkar va 
xizmatkorlarining turar joylari bo`lgan. 


79 
Narshaxiyning yozishicha Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, 
amid ul-mulk, sohibi shurat kabi 10 ta devon orqali idora etilgan. Vazir devoni 
bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning 
Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilgan, 
mahkama mana shu maxsus binoda joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, 
fors tillarini puxta egallagan, Qur’on va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi 
biladigan, turli fanlardan xabardor bo`lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling