Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Qo`zg’olonning engilish sabablari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qo`zg’olonning engilish sabablari: 1) «Oq kiyimliklar» uyushqoqlik bilan 
harakat qila olmaganligi bo`ldi. 2) xalq harakatining ommalashib ketishidan 
cho`chigan mahalliy mulkdorlar arablar tomoniga o`tib ketgan. 3) qo`zg’olonning 
uzoq davom etishi mehnatkashlarni holdan toydirgan. Muqanna boshchiligida «Oq 
kiyimlilar» qo`zg’oloni 769-783 yy. bo`lib o`tadi. 
Samarqandda 806 yil Rofe ibn Lays boshchiligida (806-810) Xalifalikka 
qarshi yana qo`zg’olon ko`tarildi. Qo`zg’olon Samarqanddan boshlanib SHosh, 
Farg’ona, Buxoro, Naxshab, Xorazm viloyatlariga tarqalgan, tez orada bu 
viloyatlar xalifalik qo`lidan ketadi. Xuroson noibi Ma’mun dehqonlardan bo`lgan 
Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyodan yordam so`raydi. Ular Rofe 
ibn Laysni qo`lga olib, xalifaga taslim bo`lishga majbur qiladilar. 
Tayanch so`zlar va atamalar: Islom, Arab xalifaligi, Qutayba, Xuroson, 
Movarounnahr, Abbosiylar, Ummaviylar, Abu Muslim, Muqanna, Rofe ibn Lays, 
Somonxudot. 
Narshaxiy (899-959) – tarixchi olim, Buxoroning Narshax qishlog’ida 
tug’ilgan, “Buxoro tarixi” asarini yozgan.
Amir (arab. – amr qiluvchi, boshliq, hokim) – lashkarboshi, hokim, bek; 
dastlabki Xalifalar va Ummaviylar davrida alohida qo`shin qo`mondonlari amir 
deb atalib, zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlangan.
Fath (arab.) – egallash, zabt etish, bosib olish ma’nosini beradi.
Jiz’ya - islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i.


75 
Zakot - mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq.
Xiroj - hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan er solig’i.
Ushr - idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan 
soliq.
Farmon - qonun kuchiga ega bo`lgan buyruq.
Islohat - mavjud tartibni o`zgartirish.
Mazdak ibn Hamdodon (470-529) - Eronning bosh kohini, u dunyo 
boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo`lib, buni zo`rlik bilan amalga 
oshirishni yoqlab chiqqan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling