Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Xalifalikka qarshi xalq harakatlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xalifalikka qarshi xalq harakatlari 
 
Qo`zg’olon sabablari. Mahalliy xalq orasida norozilik kuchayib, qo`zg’olon 
ko`tarishiga: xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni huquqlardan 
mahrum etishi, madaniyatini oyoq osti qilishi, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun-
qoidalarining zo`rlik bilan joriy etilishi sabab bo`ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz 
(717-719) kelishish siyosatini amalga oshirib, bosqinchilikni to`xtatish va 
moliyaviy islohat o`tkazish haqida farmon berdi. Farmonga binoan musulmon 


70 
arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va 
jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi. Movarounnahr zodagonlari o`zlarini haqiqiy 
musulmon deb hisoblab soliq to`lamay qo`ygach Xalifalik ma’muriyati bir yo`la 
hammadan jiz’ya olish haqida buyruq beradi. Yana jiz’ya olinishi natijasida 
Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlangach 
mahalliy mulkdorlar va arab ma’muriyati o`rtasida ziddiyat keskinlashib, xalq 
qo`zg’olon ko`taradi.
Qo`zg’olonlar boshlanishi. Bunday qo`zg’olonlardan biri 720 yil Sug’dda 
boshlandi. Qo`zg’olonga Sug’d ixshidi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich 
rahbarlik qilgan. Sug’dliklarga Ettisuvdan turk lashkarlari yordamga keladi, 
birlashgan kuchlar arablarga qattiq zarba beradilar. SHahar va qal’alar ichida 
qurshovda qolgan arablar katta o`lpon va e’tiborli vakillarini qo`zg’olonchilarga 
garovga berish bilan jon saqlaydilar. Xurosonga 721 yil Said Xaroshiy noib etib 
tayinlandi. Unga qo`zg’olonni bostirish va sug’dliklarni islomga qaytarish vazifasi 
topshiriladi. Xo`jandda bo`lgan jangda qo`zg’olonchilar engiladi. Said Xarashiy 
Movarounnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Biroq 
qo`zg’olnni to`la bostiraolmaydi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling