Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Movarounnahrga yurishlar. Arablar Movarounnahrga dastlab bosib olish 
uchun emas, balki Islom dinini yoyish jihatdan tayyorgarlik ko`rish, mahalliy 
hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movaunnahrga ilk hujum 654 yil 
Maymurg’ va 667 yil Chog’oniyondan boshlanadi. Xorazm arablar tomonidan ikki 
marta talon-taroj etilgan. Narshaxiyning yozishicha 673 yil kuzida xalifa Muoviya 
I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan o`tib Buxoro 
hududiga bostirib kiradi. U Poykand va Romitonni egallaydi. Buxoro hukmorini 
engib, o`z foydasiga sulh tuzadi. 1 lak (100 ming) dirham tovon undiradi, 4 ming 
asir, qurol, kiyim, oltin va kumush buyumlar bilan Marvga qaytadi. Arablar 
qaytishda Termiz shaharni egallaydi.
Movarounnahr zabt etilishi. Arablar VIII asr boshida Movarounnahrni 
to`liq bosib olishga kirishadi. Xurosonga 704 yil Qutayba ibn Muslim noib etib 
taynlandi. Qutayba harbiy yurishni 705 yil Balx viloyati atroflarini zabt etishdan 
boshlaydi; tez orada Chag’oniyon hokimi jangsiz taslim bo`ladi. Qutayba 707 yil 
Poykand shaharini 50 kun qamal qiladi, shahar vayron etiladi va erkak zoti qirib 
tashlanadi. So`ng Qutayba Buxoroga yo`l oladi.
Buxorxudotlar hududi 12 ta yirik qo`rg’on va shaharlaridan iborat edi. 
Vohada hukmdor xonadonining tojdor tasviri ostida «Buxorxudot» degan yozuv 
bilan zarb etilgan kumush dirham muomalada bo`lgan. Davlatni Tug’shoda (692-
724) boshqargan. Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to`lash, uylarining yarmini 
arablarga bo`shatib berishga majbur etiladi. Qutayba Buxoro shahri markazida 
joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, Sug’diy 


68 
yozuvda bitilgan asarlarni yo`qotdi. Mahalliy aholini islom diniga kiritish 
maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni 
joriy etdi.
Qutayba 710 yil Naxshab va Keshni bosib oldi. Samarqandga hujum 
boshlash uchun tayyorgarlik ko`radi. Qutayba Sug’d yurishini kechiktirishiga 
sabab Xorazmda ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat tufayli 711 
y. Xorazmga qo`shin tortadi. Xorozm shohi Chag’on ukasi Hurzod boshchiligida 
qo`zg’olonni bostirish uchun 711 yil Qutaybadan yordam so`radi. Hurzod 
o`ldirilsada Xorazmshox Chag’on hech narsa yutmaydi, aksincha mustaqilligini 
yo`qotib, arablarga boj to`lashga, qo`shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida 
ishtirok etishga majbur etiladi. Xorazm shimoliy va janubiy qismga ajralib ketgan, 
shimoli Gurganj (Ko`hna Urganch) miri, janubini Xorazmshoh boshqargan. Ikkala 
qismi ham xalifalikka alohida xiroj to`lagan. 
Qutayba 712 yil Samarqandga yurish boshladi, bu davrda ixshid Tarxun 
o`rniga G’urak (710-738) Sug’dga podsho edi. Kuchlar teng bo`lmaganligi 
oqibatida Samarqand (712) taslim bo`ladi. G’urak va Qutayba o`rtasida sulh 
tuzilib, G’urak arablarga bir yo`la 2 ming, yiligi 200 ming dirham boj to`lash, 30 
ming odam berish, shaharda askar saqlamaslik, ichki shaharni arablarga bo`shatib 
berish, masjid bino qilish kabi shartlarni bajarishga majbur etiladi. Qutayba buning 
evaziga G’urakni Samarqand, Kesh va Naxshabga hokim etib tayinlaydi, oqibatda 
G’urak arablarga qaram bo`lib qoladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling