Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Choch va Eloq
Farg’ona hukmdorlari ishxid deyilgan, erlari juda hosildor bo`lib, aholisi
dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat), Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topgan; hunarmandchilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo`lgan. Farg’onadan qo`shni mamlakatlarga bo`yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Qadimdan chorvador aholi Farg’onaning Qurama va 62 Qoramozor tog’lari yonbag’irlarida yilqichilik bilan shug’ullangan. Tulpor otlarining dong’i jahonga taralgan. Choch va Eloq hokimliklari Chirchiq va Ohangaron vodiylarida mavjud bo`lgan. Chochning markazi Choch shahri bo`lib, hukmdori «tudun» deyilgan. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari «dehqon» deyilgan. Ular V asrda Eftallarga, VI asrda G’arbiy turk xoqonligiga bo`ysunar edi. VII asrning dastlabki choragida G’arbiy Turk xoqonligi qarorgohini Choch viloyatiga ko`chiradi. Hukmdor va malika uchun Yabg’ukat va Xotunkat kabi qarorgohlar barpo qilindi. Choch tuduni va Choch tegini yozuvlari chekilgan tangalar zarb etildi. Tangalarning old betiga hukmdor surati, orqasida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan. Ayrim tangalarda hukmronga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday qo`shaloq tasvir qadimgi turkiy davlatchiligida hukmdorning malikasi - xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega bo`lib, davlat boshqaruvida ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o`rinni egallagan. G’arbiy turk xoqonligining yirik o`troq viloyatlaridan biri - Choch o`lkasi o`z tanga pullari tizimiga ega bo`lgan. (Hukmdor surati tushirilgan Choch tangasi VII asrga oid). Choch va Eloq sertarmoq xo`jalikka ega bo`lib, sug’orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi. Choch va Eloqda ichki va tashqi savdo kengayib, shaharlar gavjumlashuviga karvon yo`lining o`lka orqali o`tishi imkon bergan. O`rta Osiyo hokimliklarida ilk o`rta asrlarda tashkil topgan boshqaruv ma’muriyatining vazifasi: fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o`z vaqtida yig’ib olish, ularni jamoat ishlariga safarbar etish edi. Kirim-chiqimlar aniq qayd etilib, hujjatlashtirilgan, ularga barmoq bosilib, muhr bilan tasdiqlab qo`yilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling