57
tarixga Turk xoqonligi (552) nomi bilan kirgan. Uning asoschisi
Bumin edi, u 552
yil «xoqon» deb e’lon qilindi.
Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilandi.
Turklarning g’arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi, unga
«YAbg’u xoqon» degan unvon beriladi. Turklar tez
orada Ettisuv va Sharqiy
Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalarni bo`ysundirdi. Turklar
555 yildayoq Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan keng o`lkalarni
egalladi. Xoqonlik chegarasi Eftallar davlatiga tutashib ketgan. Turklar 558 yil
Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo`ylarini zabt etadi.
Turklar 575-576 yillarda Shimoliy Kavkazni egallab,
Qrim yarim oroliga
kirib bordi. Eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoladi. Eron
sosoniylari bu vaziyatdan foydalanib Toxariston va Chog’aniyonni eftallardan
tortib oldi.
Eftallar davlati qulashi. Turklarning eftallar bilan to`qnashuvi muqarrar
edi, bu siyosiy vaziyat Turklarni Eron va Vizantiya bilan yaqinlashtirgan. Uzoq
vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar eftallarning
tamomila barbod
bo`lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi tufayli
turklar bilan yuzaga kelgan harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo`lishi
bilan yanada mustahkamlanadi.
Eronning Balxga hujumi ko`magida Turklar 563
yil Eftallar davlatiga
bostirib kiradi. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg’ol
qilinadi. Turklar Sirdaryodan o`tib Zarafshon vodiysiga kirib boradilar:
Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab,
Buxoroga yaqinlashadilar, 8 kun davom
etgan jangda eftallar engiladi.
Janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan Turk
xoqonligidan 563-567 yy. zarbaga uchragan
Eftallar davlati barbod bo`ladi.
Eftallar davlati bo`lib olindi: Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha
bo`lgan
viloyatlar Eron; Amudaryo sohillaridan Kaspiy dengizigacha Turk
hoqonligi tasarrufiga o`tadi. Eftallar davlati qulagach vaziyat tubdan o`zgarib, o`z
chegarasini shimoli-sharqqa kengaytirgan Eron Amudaryodan
to Suriyaga qadar
Ipak yo`li ustida haqiqiy sarbon bo`lib oladi. Uzoq Sharqdan Erongacha bo`lgan
58
karvon yo`li nazoratini o`z homiyligiga olgan Turklar Eron orqali Vizantiya bilan
savdo qiladigan bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: