Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Xo`jalik hayoti. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-
xil bo`lib, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti biri ikkinchisidan keskin farq qilgan. Eftallar kelib chiqishiga ko`ra ko`chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli, chorvachilik bilan shug’ullanib, yaylovlarda o`tov qurib yashagan. Eftallar zabt etgan erlarida savdo rivojlandi. Yillar o`tib omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadi. Toxariston va Sug’d dehqonchilik va bog’dorchilik rivoj topgan markaz hisoblangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi ham etishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha Sharqiy Turkiston va O`rta Osiyoda V-VI asrlarda paxta ekilgan. Paxta tolasidan to`qilgan oppoq va mayin matoga Xitoy bozorlarida talab katta bo`lgan, chunki o`sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi. Dashtlarda yashovchi yarim ko`chmanchi aholi chorvachilik, xususan qoramol va qo`y-echkilar boqish, tuyachilik bilan; tog’li va tog’oldi mintaqalarida yilqichilik bilan shug’ullanar edi. Farg’ona vodiysi hamon zotli argumoqlari bilan mashhur edi. Er egaligi. Ziroatkor erlarning kattagina qismi hali ham qishloq jamoalari tasarrufida bo`lsada, erning ma’lum bir qismi dehqonlar va ibodatxonalar ixtiyorida bo`lgan. Natijada qishloq jamoasining kashovarz-erkin qo`shchilari ma’lum darajada dehqonlarga tobe bo`lib, ularga qaram kadivarlarga aylana borgan. YAylovlarning asosiy qismi qabila va urug’ jamoalari hamda ularning oqsoqollari - xvabulari tasarrufida edi. V asrda Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’istonning bir qismini suv bilan ta’minlovchi Zog’ariq (Zovariq) va Bo`zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai Darg’om kanallari barpo qilingan. Shu davrda CHog’oniyon (Surxondaryo), Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz), Naxshab (Qarshi) va Toshkent atroflari to`la o`zlashtirilib, alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi. Bu vohalarda keyinchalik erdor dehqonlarning siyosiy mavqei oshib, ular etakchilik qilgankichik hududga ega voha hokimliklari vujudga keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling