Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qishloq 
jamoalari 
tabaqalanishi
Avvalda 
o`z 
qaramog’idagi 
xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar keyinchalik qishloq 
jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan 
bo`ladilar. Erga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq 
jamoalari ichida yirik er egalari bo`lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar 
tabaqasi paydo bo`ldi. Er-suv mulkchiligining xususiyligi ortib borishi bilan 
kadivarlarning soni ko`payib, dehqonchilik xo`jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlaridan biriga aylangan.
V asr o`rtalarida ekin erlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo`l 
ostidagi mulkdan iborat bo`lsa ham, ziroatkor vohalardagi obikor erlarning asosiy 
qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Qishloq jamoalari ijtimoiy 
erli mulkdor dehqon va unga qaram bo`lgan ersiz va erksiz kadivarlarga ajralib 
bordi. Koshovarzlar - qishloq jamoasi erlarida yashab, er va suvdan iborat umumiy 
mulkka ega bo`lgan erkin ziroatchilar tabaqasi. Kashovarzlarning ma’lum bir qismi 
jamoa erlaridan mahrum bo`lib kadivarlarga aylangan. Ayrim dehqonchilik 
vohalarining katta erlarga ega bo`lgan dehqonlari o`z viloyatlarida hatto mustaqil 
hokim bo`lib oladilar.


51 
Ilk o`rta asrlar davlatlari 
Birinchi bo`lib Xorazm Qang’ davlatidan ajralib chiqadi, uni mahalliy 
Afrig’iylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr 
o`rtalarida dastlab Xorazm davlatining poytaxti hozirgi Qoraqalpog’istonning 
Ellikqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal’a shahar xarobasi o`rnida bo`lgan. 
SHaharning mustahkam darvozaxonasi bo`lgan. Darvoza qarshisida shahar 
markazini kesib o`tgan ko`chaning har ikki tomoni bo`ylab tutar joylar joylashgan. 
SHahar markazidan yuqorida ibodatxona majmuasi, uning yonida 25 metrli 3 
minorali Xorazmshohlar qasri qad ko`targan. 
Xorazmshoh Afrig’ o`z qarorgohini 305 yil Xorazmning qadimgi Kat 
shahriga ko`chiradi. Kat qayta tiklanib Al-Fir qasri ichida Shoh o`ziga yangi saroy 
qurdiradi. Afrig’iy shohlar oldiga shoh surati va orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan 
kumush tangalar zarb etib, ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkam 
o`rnatib olgan. Beruniy dastlab Xorazmshohlar unvoni dastlab siyovushlar sulolasi 
tomonidan qabul qilingani haqida: «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga 
kelishidan.. tarix oldilar. SHu vaqtdan Kayxusrav.. turk podsholari ustidan 
hukmronligini yurgizgan edi» deb yozgan. O`sha zamonda «Xorazmshoh» 
unvoniga Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav sazavor bo`lgan. 
III asrda Xorazmda bir nechta mayda hokimliklar tarkib topgan. 
Tuproqqal’adan qo`lida burgut qo`ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a 
yaqinidan qo`lida lochin tutgan tojdor tasviri so`qilgan tanganing topilishi 
hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazm III asrda Qang’ davlatidan ajralib 
mustaqillikka erishadi va Afrig’iylar sulolasi hukmronligiga asos solinadi. 
Xioniylar, kidariylar, eftallar, Turk xoqonligi davrida ham Xorazm mustaqilligini 
saqlab qoladi. Vizantiyalik tarixchi Menandr Xorazm VI asrning 60-yillarida 
Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligini qayd etgan. 
Xorazmshoh – Xorazm hukmdorlarining unvoni. Beruniy yozishicha dastlab 
Xorazmshoh unvoni bilan Xorazmni Kayxusrav idora etgan. 4 ta sulola 
hukmdorlari “Xorazmshoh” unvoniga ega bo`lgan: afrig’iylar, ma’muniylar, 


52 
oltintoshlar, anushteginlar. Xorazmning hukmronlik ramzlari burgut va lochin 
bo`lgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling