Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Kushon davlati. Mil. avv. 140-130 yy. ko`chmanchi yuechji qabilalari 
Yunon-Baqtriya davlatini bosib olib Baqtriyaga kelib o`rnashdilar. Milodiy I asrda 
Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig’i barcha yuechji mulklarini o`z 
hokimiyatiga birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi. Birlashgan yuechji 
mulklarning birinchi hukmdori bo`lgan Kudzula Kadfiz davrida Kushon davlatiga 
Afg’oniston va Kashmir qo`shib olingan. Kudzulaning vorisi Vima Kadfiz 
hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi.
Podsho Kanishka (78-123 yy.) davrida poytaxt Baqtriyadan Peshovar 
(Pokiston)ga ko`chiriladi, Kushon podsholigi ulkan davlatga aylanadi. Kushon 
davlati hududiga: Hindiston, Xo`tan, Afg’oniston va O`zbekistonning janubigacha 
bo`lgan erlar kirgan. Rim, Parfiya, Xitoy kabi Kushon davlati ham ulkan 
podsholiklardan biriga aylangan. Kushon davlati to`xtovsiz urushlar oqibatida 
inqirozga yuz tutdi va parchalanib (III asr) ketdi. 
Vima Kadfiz davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko`rsatilgan 
tanga zarb qilish boshlandi. Hukmdor pul islohati o`tkazadi, tangalar qadri ortadi. 
Tangalar oltin, kumush, misdan zarb qilingan. Kanishka davrida (78-123) Kushon 
davlati o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi. Yangi shaharlar qurildi, 
Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo-elchilik o`rnatildi.
Hunarmandchilik ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Surxon vohasidagi 
Kushon davlati yodgorliklari: Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, 
Qoratepa kabi topilmalar buni tasdiqlaydi. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini 
sug’orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Kushon davlati 
davrida suv tegirmoni, chig’ir turlaridan keng foydalanildi, erga ishlov berish 
qurollari takomillashtirildi.
Oromiy yozuvi G’arbiy Osiyoda paydo bo`lib, alifboga asoslangani tufayli 
o`zlashtirish oson bo`lgan. Kushon davlatida yashagan xalqlarning o`zaro madaniy 
va savdo aloqalari tufayli O`rta Osiyoda qadimgi oromiy yozuvi keng tarqaladi. 


46 
Qadimgi Termiz yodgorliklaridan oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya 
alifbosidagi yozuv namunalari topilgan. Kushon mamlakatida yana kushon shaklli 
yozuvi bo`lgan, bunda harflar burchakli, to`rtburchak va aylana shaklida yozilgan.
Kushon 
podsholigida 
yozuv 
qadimdan 
mavjudligini 
Surxko`tal 
(Afg’onistondagi Qunduz shahri yaqinida) yodgorligidan topilgan yunon 
alfbosidagi kushon bitiklari ham tasdiqlaydi. Amudaryo quyi oqimida, Zarafshon 
va Qashqadaryo vohalarida oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so`g’diy 
yozuvlar ham keng tarqalgan edi. Yozuvning turli ko`rinishlariga oid topilmalar 
Kushon podsholigining jahondagi ko`plab davlatlar bilan keng ko`lamli 
aloqalaridan guvohlik beradi.
Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya va So`g’diyonaning asosiy 
aholisi zardushtiylik dinida edi. Kanishka Hindistonning bir qismini qo`shib olgach 
Kushon hududiga kirib kelgan buddaviylik dini zardushtiylik bilan birga VIII 
asrgacha O`rta Osiyoda saqlanib qoldi. Surxon vohasi orqali buddaviylik O`rta 
Osiyo bo`ylab tarqala boshladi.
Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik yuksak darajada taraqqiy 
etgan. Dalvarzin va Eski Termiz shaharlari xom g’ishtdan qurilgan mustahkam 
istehkom devorlari bilan o`ralgan edi. SHaharlar hunarmandlar mahallalariga va 
turar joy mavzelariga ajratilgan.
Xolchayondagi Kushon hukmdorlari saroyi, Eski Termiz (Qoratepa, 
Fayoztepa) va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida devoriy tasvir va 
haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari o`rganilgan. Bular: Budda haykali, 
shahzodalar, saroy a’yonlari, jangchilar tasviri va Ayritomda topilgan do`mbirachi 
va ud chalayotgan musiqachilar tasviridir. Kandakorlik yuqori rivojlangan. 
Dalvarzintepadan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon 
san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik 
san’ati uslublari muvofiqlashgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling