Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Mil. avv. VI-IV asrlar madaniyati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mil. avv. VI-IV asrlar madaniyati yozma va arxeologik manbalar asosida 
o`rganilgan. Ular O`rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, 
kulolchilik va binokorlik sohalarida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi. 
Qiziltepa, Uzunqir, Erqo`rg’on, Afrasiyob kabi yirik qadimiy shahar-qal’alar 
rivojlangan. Yozma manbalarda oltin, kumush, la’l, firuza ma’danlari qazib 
olingani, hunarmandchilik rivojlangani, O`rta Osiyoning Sharq mamlakatlari bilan 
olib borgan savdo ishlari haqida xabar beriladi.
Mil. avv. V-IV asrlarda O`rta Osiyoda dastlabki tanga pullar tarqalgan. 
Zargarlik san’ati yuksak rivojlanganiga hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan 
1877 yil Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol 
bo`la oladi. Har bir shaharda ichki qal’a (ark) bo`lgan. Shahar atofidagi dehqon 
xo`jaliklarida ota urug’iga mansub katta oilalar kun kechirishgan. Dehqonlar 
qo`rg’onlari uy-joy va xo`jalik xonalaridan iborat bo`lgan. Arxeologlar shahar va 
uy-qo`rg’onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anhor va ariqlar izlarini topgan. 
Yunon-makedon istilochilariga qarshi kurash. O`rta Osiyo jangchilari 
mil. avv. VII-IV asrlarda sovut va dubulg’a kiyib, xanjar, jangovar oybolta va 
nayza bilan qurollangan. Kamon o`qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan. 
Jangchilar otda ham piyoda ham jang qila olgan. Xanjar - aqinak, jangovar oybolta 
– sagaris deyilgan. Uzoq masofaga kamondan foydalangan, otlar ustiga temirdan 
yasalgan bargustvon yopilgan.
Hujumni suvoriylar boshlab bergan, ular ot choptirib o`q-yoy, nayza yoki 
xanjar bilan dushmanga hamla qilgan. Qal’a va shaharlar himoyasida o`q-yoy, 
palaxmon foydalangan. Mudofaada tosh va pishirilgan loy to`p o`qlari 
qo`llanilgan. Shaharlar burj va shinakli devor bilan o`rab olingan, devorlar tepasida 
kamonchilar uchun yo`laklar qurilgan. Tashqi devorlar bo`ylab joylashgan 
dumaloq burjlar ichida ham kamonchilar joylashgan. Suv to`latilgan xandaq 
qal’aga kiradigan yo`lni to`sib turgan. 


40 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling