Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yunon-Baqtriya
- Evtidem
Salavkiylar davlati. Makedoniyalik Aleksandar mil. avv. 323 yil vafot etdi,
uning davlati 3 qismga: Makedoniya, Misr, Suriyaga bo`linib ketdi. O`rta Osiyo Suriya davlati tarkibida bo`lgan. Bu davlatlarni Aleksandarning eng yaqin lashkarboshilari boshqargan. Uzoq o`zaro urushlardan keyin mil. avv. 312 yil kichik Makedoniyalik Aleksandarning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil 42 (Suriya davlati) hukmdori bo`ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug’diyona Marg’iyona kirar edi. Salavk o`z davlati tarkibiga kirgan O`rta Osiyoni alohida viloyatlar - satrapliklarga ajratdi, ularning har biriga boshliq - satrap hukmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo`shinni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug’ullanar edi. Salavk o`z o`g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar: Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, Sug’diyonaga noib etib tayinladi. Antiox (280) ulkan davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi. Sug’diyona, Baqtriya, Marg’iyonada asta-sekin tinch hayot tiklanib, manzilgoh va shaharlar bunyod etildi, savdo, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlandi. Baqtra, Maroqanda, Marg’iyona Antioxiysi (Marv), Termiz Salavkiylar davlatining yirik shahar va madaniyat markaziga aylandi. Yunon-makedon istilosidan keyin O`rta Osiyo tarixida antik davri boshlandi. Sharq va G’arb o`rtasida madaniy munosabatlar kengaydi. Baqtriyada yunon yozuvi, og’irlik o`lchovi, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaldi. YUnonlar ham Baqtriyaning binokorlik va hunarmandchilik an’analarini o`zlashtirdi. Yunon-Baqtriya davlati tarixi mil. av. 250 yildan, ya’ni Baqtriya Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan davrdan boshlanadi. Mingta Baqtriya shahri hukmdori bo`lmish Diodot o`zini podsho deb e’lon qiladi. Mil. avv. 250 yil Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga Baqtriya, So`g’diyona, Marg’iyona kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Evtidemga o`tadi. Evtidemning o`g’li Demetriy davrida (199-167) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi, Hindistonning bir qismi qo`shib olindi. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo`liga o`tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo`ldi, bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan ko`chmanchi yuechji qabilalari mil. av. 140-130 yy. Yunon- Baqtriyani bosib oladi. 43 Tayanch so`zlar: Aqinak, sagaris, bargustvon; Ahamoniylar: Satrap, Amudaryo xazinasi; Yunon-makedonlar: Aleksandr Makedonskiy, Spitamen, Aleksandriya Esxata. Salavkiylar (312-250), Antiox; Yunon-Baqtriya (250-130), Diodot, Demetriy (199-167); Parfiya, Mitridat. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling