Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotiy o`zgarishlar
- Til va madaniy aloqalar
Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo`lgan eftallar
«Ipak yo`li»ni o`z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Eftallar Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan xalqaro savdoda faol qatnashardi. Ipak yo`li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug’diylar vositachilik rolini o`ynardi. Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi. Ichki va tashqi savdoda eftallar dastavval Sosoniy hukmdorlarning kumush tangalaridan keng foydalangan. Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar chiqargan chaqa tangalar ichki savdoda keng muomalada bo`lgan. Bu mahalliy voha hokimlari katta nufuzga ega ekanidan dalolat beradi. Eftallar davrida aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlik kuchayib borishi sababli davlat boshqaruvida qonun-qoidalar paydo bo`lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan, jinoyat uchun qattiq jazo belgilangan. Hayotiy o`zgarishlar. Ko`chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalari atrofiga kelib o`troqlashishi bilan ma’lum darajada dasht udumlari va e’tiqodiy tasavvurlari o`troq aholining hayotiga kirib bordi. Asriy madaniy ana’nalari kuchli bo`lgan Toxoriston va Sharqiy Sug’d vohalarida ko`chmanchilar tez orada o`troqlashdi. Samarqand, Buxoro, Naxshab, Choch (Toshkent) kabi dehqonchilik vohalarida baland poydevor ustiga bino qilingan istehkomli qasrlar va qo`rg’onlar qad ko`tardi. Ularning ayrimlari ikki qavatli bo`lib, yuqorisiga pandus (qiya ko`tarma yo`lak) orqali chiqilgan. Til va madaniy aloqalar. O`rta Osiyo aholisi turli tillarda so`zlashgan. Chorvador aholi o`rtasida turkiy til muhiti hukmron edi. O`troq aholining bir qismi sug’d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so`zlashgan. Bu davrda sug’d tili xalqaro savdo tili sifatida Farg’ona va Ettisuv orqali Sharqiy Turkiston va Xitoyga etib borgan. V-VI asrlarda Sug’d, Xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan edi. Eftallar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo`lgan. Eftallar yozuvi 25 harfdan iborat bo`lgan, xat chapdan o`ngga tomon ko`ndalangiga yozilgan. 56 Eftallar o`t (olov) va quyoshga sig’inuvchi otashparast bo`lgan. Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar budda, nasroniy va zardusht dinlariga e’tiqod qilgan. Ularning so`nggi avlodlari o`zbek, turkman va turk elatlari tarkibiga singgib ketgan. Zamonamizgacha turkman va anatoliyalik turklar tarkibida «abdal» nomli etnik guruh saqlangan. Turkiy dunyo Evroosiyoda muqim o`rin egallagan. Bu davrda iqtisodiy va madaniy aloqalar Xitoy, Hindiston va Eron bilan kengayib boradi. O`rta Osiyo shishasozlari V asrda Xitoy hunarmandlarga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o`rgatadi. O`rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi, tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o`z saroylarini bezashda O`rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalangan. O`rta Osiyoning madaniy an’analari qo`shni mamlakatlar, xususan Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg’unlashib shakllandi. (Eftallar hukmdori Mihirakula tanga zarb qilgan. Chag’oniyon jez tangasida qo`sh tasviri bo`lgan.) Tayanch so`zlar va atamalar: Afrig’, Kidar, Grumbat. Vaxshunvar; Shopur, Pero`z, Kubod, Anushervon; Xarkon (Kaspiy), Zog’ariq (Zovariq), Bo`zsuv, Darg’om. Charxpalak - sug’orish inshooti. Obikor – sug’oriladigan er maydoni. Dehqon (qishloq hokimi) - ilk o`rta asrlarda mulkdor tabaqa. Koshavarz - ziroatchi oddiy qo`shchilar. Kadivar - qishloqning dehqonlarga qaram ahlisi. CHokar - dehqon mulkini qo`riqlovchi, harbiy posbon. Objuvoz – suv kuchi bilan yuradigan, sholi oqlaydigan qurilma. Moyjuvoz – o`simlik urug’idan moy oladigan qurilma. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling