Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiyoniylar davlati. O`rta Osiyoga IV asr o`rtalarida Ettisuv va SHarqiy 
Turkistondan xiyon qabilalari xujum boshlagan. Sug’dga xiyoniylar 353 yil o`z 
hukmdori Grumbat boshchiligida bostirib kiradi. Xiyoniylar Eronda tashkil 
topgan va kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to`qnashadi, dastlabki 
jangda Sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xiyoniylardan engiladi. So`ng sulhga 
kelishib, ular o`rtasida ittifoq yuzaga keladi. Ittifoq goh buzilib, goh tiklanib 
turgan. O`rta Osiyoda xiyoniylar xukmronligi IV asrning 70-yillarida o`rnatildi. 
Sirdaryo bo`ylaridan to Amudaryo havzasigacha Xiyoniylarning kuchli davlati 
qaror topdi. Xiyoniylar davlati 120 yildan oshiqroq hukmronlik qildi. 
Kidariylar davlati. Sharqdan V asrning 20-yillarida Sirdaryo va Orol 
bo`ylari orqali Xorazm va Amudaryo xavzasiga ko`chmanchi chorvador toxarlar 
kirib kelgan. Toxarlar kushonlarning avlodlari bo`lib, Kidar ismli hukmdor ularga 
yo`lboshchi edi. SHuning uchun ular Kidariylar deyilgan. Kidariylar Amudaryo 
havzasi hamda g’arbiy va janubiy Sug’d erlarini ishg’ol qildilar. Kidariylar 
xioniylar davlatining janubiy qismida o`z hukmronligini o`rnatdilar. Balx shahrini 
poytaxtga aylantirdi. 
Kidariylar va sosoniylar o`rtasida V asrning 30-50-yillarida ziddiyat 
kuchaydi, ular bir-biriga dushman bo`lib qolgan. Kidariylar va Sosoniylar 
o`rtasidagi 456 yil bo`lgan jangda sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan 
kidariylar o`zini qayta o`nglab ololmaydi. Kidariylar tez orada yana shimoldan 
janubga siljigan ko`chmanchi chorvador eftaliylar bilan to`qnashadilar. Natijada 
Kidariylar O`rta Osiyoni tark etib, janubga - Shimoliy Hindistonga chekinib, u 
erlarda 75 yil hukmronlik qiladilar.
Eftallar davlati. Eftallarning ilk ajdodlari Xitoyning shimoli-g’arbida 
(Xesi) yashagan turkiy Xun qabilalari ittifoqi tarkibida bo`lgan. III asrda ular 
Turonning janubiy va Xarkon (Kaspiy) dengizi shimolidagi yaylovlarga o`rnashib 
boshqa turkiy elatlar bilan aralashib ketadi. Eftallar avval xioniylarni, so`ng 


53 
boshqalarni tobe etib, davlat barpo etgan, V asrda Kidariylar davlatini mag’lub 
etib, Xurosonning talay qismini egalab, sosoniylar bilan to`qnashadi. 
O`rta Osiyoga V asr o`rtalarida kirib kelgan eftallar yozma manbalarda 
eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. «Eftal» degan nom ilk bor 
«Xeptal» shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. «Eftal» degan nom aslida 
«Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan, uni Vaxshunvar deb ham 
ataganlar, u eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan. Eftallar qisqa vaqtda 
Chag’oniyon, Toxariston, Badaxshonni bo`ysundirib, Sug’dda ham o`z 
hukmronligini o`rnatadi. Eftallar davlati nihoyatda kuchayib 456 yil Xitoyga 
o`zaro aloqa o`rnatish maqsadida elchi yuboradilar.
Sosoniylar eftallarning tajovuzidan xavfsirab, ularga qarshi yurish qiladi. 
Ikki davlat o`rtasidagi jang sosoniylar shohi Pero`z (459-484) davrida ayniqsa 
avjiga chiqadi. Sosoniylar uch marta eftallarga yurish qiladi, dastlabki janglarda 
Pero`z mag’lubiyatga uchrab, asir tushadi. Pero`z Vizantiya imperatori Zenon 
yuborgan o`lpon evaziga asirlikdan ozod etiladi. Pero`zning ikkinchi marta 
eftallarga qarshi yurishi ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Peruz o`g’li Kubodni 
eftallarga garov tariqasida yuborib tutqunlikdan ozod etiladi.
Pero`z 484 yil eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi, jang 
Peruzning halokati bilan tugaydi. Marv ishg’ol qilinib, Eronga og’ir o`lpon 
yuklanadi, Eron siyosiy qaram bo`lib qoldi. Pero`z vorislari Kubod (488-531), 
Anushervon (531-579) davrida Eftallar bilan munosabat ancha yumshab, tinchlik 
tusini olgan. Sosoniylar kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to`lab turgan. 
Eftallar keyinchalik Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo`tan, Koshg’ar 
shaharlarini ham o`z tasarrufiga kiritadilar.
Kuchli suvoriy (otliq)lardan iborat qo`shinga ega bo`lgan eftallar bir qancha 
yarim mustaqil mulkdorlarning uyushmasidan iborat ulkan davlat barpo etdi. Bu 
mulklar hukmdor - Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Ularning 
har biri kumush yoki mis tanga zarb qilgan.
V asr ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida O`rta Osiyo, Sharqiy Eron, 
Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkistonni birlashtirgan ilk o`rta asrlarning 


54 
qudratli davlati - Eftallar davlati tashkil topadi. (Boj – o`lpon, soliq. Bir davlat 
ikkinchi davlatga to`laydigan yoki bozorda savdogarlardan olinadigan maxsus 
to`lov.) 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling