Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buyuk Ipak yo`li 
Mil. avv. II asrdan - milodiy XVI asrga qadar Sharq va G’arb xalqlari 
o`rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida Buyuk Ipak yo`li 


47 
muhim o`rin tutgan. Bu yo`l mil. avv. II asrda vujudga kelgan va «Buyuk 
meridianal yo`l» deb atalgan. «Ipak yo`li» degan nom 1877 yil nemis geografi 
F.Rixtgofen tomonidan bergan.
Buyuk Ipak yo`li vujudga kelgunicha qadimgi “La’l yo`li” va “Shoh yo`li” 
mavjud bo`lgan: “La’l yo`li” mil. avv. 3-2 mingyillikda vujudga kelgan eng 
qadimgi yo`llardan biridir. U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron, Old Osiyo va 
Misr orqali o`tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir La’l toshi (lojuvard) Qadimgi 
Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la’li 
ishlatilgan buyumlar Misr fir’avnlari maqbaralaridan ham topilgan.
Shoh yo`li” Eron Ahamoniylari sulolasining karvon yo`li bo`lib, u mil. avv. 
VI-IV asrlarda O`rtaer dengizi bo`yidagi Efes shaharini qadimgi Fors davlati 
poytaxtlari - Suza va Persepol bilan bog’lab turgan. Yana bir yo`l (tarmog’i) Eron, 
Baqtriya orqali Sug’diyona, Toshkent vohasi va Qozog’iston hududidan o`tib 
Oltoygacha borgan.
“Buyuk Ipak yo`li”ning uzunligi 12 ming km. bo`lgan, u Sariq dengizdan 
boshlanib, SHarqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Er 
dengizigacha borgan. Bu yo`lda qadimiy shaharlar: Sian, Dunxuan, Yorkent, 
Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv joylashgan. Xitoyga So`g’diyonadan jun 
gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan
Baqtriyadan - tuyalar, Farg’onadan - zotli otlar, Badaxshondan - la’l olib borilgan. 
O`rta Osiyoga Hindistondan - paxta chigiti va ip-gazlama, Xitoydan - guruch 
keltirilgan. O`rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong’oq, anor, dehqonchilik 
mahsulotlari tashilgan.
Xitoy imperatori U-Di mil. avv. 138 y. elchi Chjan Syanni ko`chmanchi 
xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo`natadi. 
Xitoyning shimoliy tumanlarini Xunlar talon-taroj qilar edi. Elchi xunnlarga asir 
tushib o`n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib Markaziy Tyan-Shan dovoni 
orqali Issiqko`lga chiqadi va Norin daryosi bo`ylab Farg’onaga keladi.
Chjan Syan o`zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi, bu shaharlar 
Farg’ona davlatiga qarashli ekanligini bilib oladi. Farg’ona hukmdori elchining 


48 
harbiy yordam haqidagi taklifiga faqat savdo aloqalarini o`rnatish istagini bildiradi. 
Chjan Szyan janub sari sayohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o`tib, yana 
xunlar qo`liga tushib qoladi, u bir yildan keyin Xitoyga qaytadi. Elchi Xitoyga 
Fag’ona otlaridan birini va beda urug’ini olib boradi, bu otni xitoyliklar «samoviy» 
deb atagan. Imperator U-Di o`z saroyi yaqinida beda ektiradi, keyinchalik 
Xitoyning butun shimoli bo`ylab beda ekiladigan bo`ladi. Xitoyliklar anor, uzum, 
bodring, yong’oq ekishni ham yo`lga qo`yadilar.
Chjan Syan yurgan yo`l bo`ylab mil. avv. II-I asrlarda Xitoyni Markaziy va 
G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi Buyuk Ipak yo`li deb ataluvchi karvon yo`li 
o`tadigan bo`ldi. Farg’ona vodiysida Ipak yo`li ikki tarmoqqa bo`lingan: 1) 
O`zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Eloq vohasi va 
Toshkentga kelgan; 2) janubiy tarmoq bo`lib, O`zgandan O`sh, Quva, Marg’ilon, 
Qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro orqali o`tgan. 
O`rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo`li tufayli Sharq va G’arb iqtisodi va 
madaniyati bilan oshno bo`lgan. G’arb xalqlari esa O`rta Osiyoning rivojlangan 
madaniyatini kashf qildilar. O`rta Osiyo aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda 
O`rta Osiyo gilamlari, jun gazlamalari, hunarmandchilik buyumlariga talab katta 
bo`lgan.
Buyuk Ipak yo`li Sharq va G’arb xalqlarini o`zaro madaniy aloqalaridan 
bahramand bo`lish imkonini berdi. O`rta Osiyo Buyuk Ipak yo`lining asosiy 
yo`nalishlari kesib o`tadigan markazida joylashgan. Bu erga turli mamlakatlardan 
savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edi. Buyuk 
Ipak yo`li tufayli O`rta Osiyo xalqlari SHarq va G’arb iqtisodi va madaniyati bilan 
tanishdilar. 
Tayanch so`zlar: Xorazm: Ko`zaliqir, Jonbosqal’a, Qo`yqirilganqal’a, 
Tuproqqal’a. Qang’: Qang’yuy, Qanqa-Qang’xa, Qang’dez, Bityan. Davan 
(Farg’ona), Ershi, Samoviy otlar. Kushon: Guyshuan, Kudzula Kadfiz, Vima 
Kadfiz, Kanishka, Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom. Buyuk Ipak yo`li. 


49 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling