Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Aleksandr mil. avv. 336 yil 20 yoshida Makedoniya podshosi bo`ladi. U
g’ayrioddiy kuch-g’ayrat va jasorat sohibi bo`lib, safdoshlari va qo`shinlari sadoqatli edi. Aleksandr mil. av. 334 yil Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi, bu yurishida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron, Hindistonni bosib oldi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda o`z hukmronligini mustahkamlash maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330 yil Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo`lgan oxirgi shoh Doro III qo`shinini tor-mor keltirdi. Aleksandr Hindistonga yurish qilishdan oldin qo`shinining orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning nargi tomonidagi elatlarni bo`ysundirishga qaror qildi. Aleksandrning yo`lini birinchi bo`lib to`sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo`ldi. Ahamoniylar sulolasi vakili Bess Baqtriya satrapi bo`lgan, u Amudaryoning nargi tomoniga qochib ketadi. Aleksandr o`z ustozi, yunon faylasufi Aristotelning Amudaryo (Oks)dan ikki podsho - Kir II va Doro I o`tib, ikkisi ham mag’lubiyatga uchragani, shu bois So`g’diyona yurishiga yaxshi tayyorgarlik ko`rish lozimligi to`g’risidagi maslahatini yodda tutar edi. Aleksandar qo`shini mil. avv. 329 yil Amudaryo (Oks)dan o`tdi, qo`shin yo`nalishida Nautaka (Qashqadaryoning sharqiy qismi) va Maroqanda (Samarqand) shahri turar edi. Mil. avv. 329 yil yunon-makedonlar Maroqandani egallaydi. Aleksandar qo`shinning bir qismini qoldirib, o`zi Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg’oqlari sari yurdi. Rivoyatga ko`ra bu shaharga Kir II asos solgan ekan. So`g’diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga chiqadi. So`g’diylarga baqtriyaliklar va saklar qo`shildi, qo`zg’olonga Spitamen boshchilik qiladi. Spitamen Maroqandani qamal qilgach, Aleksandar qamalda qolganlarga yordamga 3000 ga yaqin jangchi jo`natadi. Spitamen Zarafshon (Politimet) daryosi bo`yida dushman guruhini qirib tashlaydi. Aleksandarning o`zi qo`zg’olonni bostirishga otlanadi, Spitamen qamalni to`xtatib qo`shini bilan sahroga ketadi. Aleksandar saklarga qarshi kurashda Sirdaryo bo`yida, Xo`jand yaqinida qal’a qurdiradi, bu qal’a Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) deb ataldi. 41 Aleksandar Maroqandada maxsus qo`shin qoldirib, asosiy qo`shini bilan qishlash uchun Zariasp (Baqtra)ga jo`nadi. U o`sha yilning bahorida qo`zg’olonni bostirish uchun lashkarini 3 qismga bo`lib So`g’diyonani kezib chiqadi va tinch aholini qirib tashlaydi. Spitamenning Aleksandar bilan hal qiluvchi jangi mil. avv. 328 yil kuzida bo`ladi. Spitamen engilib, yana cho`lga chekinadi, u o`sha erda xoinlarcha o`ldiriladi. Aleksandar So`g’d zodagonlari - Xorien va Oksiartning Hisor tog’idagi qal’alarini qo`lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. Aleksandar O`rta Osiyoni bosib olish uchun deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo`lmagan hududni: Marg’iyona, Baqtriya, So`g’diyona, Bekobod va Xo`jand orasida Sirdaryo bo`ylarini bo`ysundirdi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona mustaqilligicha qoldi. Yunon-makedonlar bosqini O`rta Osiyoni xarobozorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko`plab shaharlar vayron etildi. Yunon tarixchilari yozishicha, Aleksandar O`rta Osiyoda bir nechta shahar qurdirgan, shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg’iyona Aleksandriyasi deb atalgan. Ularning ba’zilari vayron etilgan So`g’diyona va Baqtriya shaharlari o`rnida, boshqalari tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashgan. Bu askarlarning siyraklashgan safi Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So`g’diyona yoshlari hisobiga to`ldiriladi. Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an’analari qo`shilishi yuz berdi. SHu asosda Salavkiylar, Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar vujudga keldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling