Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
II-bob. Miloddan avvalgi VI – milodiy III asrlarda O`rta Osiyo
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avesto Behistun (fors) yozuvlari Yunon-rim tarixchilari
II-bob. Miloddan avvalgi VI – milodiy III asrlarda O`rta Osiyo. 1-§. O`rta Osiyoda Ahamoniylar va Yunon-makedonlar hukmronligi. Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlati Kir II O`rta Osiyoni bosib olishga harakat qilib ko`rgan dastlabki fors podshosi bo`lgan. U Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530 yil Kir II massagetlar ustiga yurish qildi. Bu yurish haqida «tarix otasi» Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar bostirib kirganda massagetlar malikasi To`maris forslarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi, ammo fors shohi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan o`tishga farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to`g’risida hikoya qiladi: «bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog’i edi. Avval har ikki tomon bir-biriga kamondan o`q yog’dirishdi, o`qlari tugagach, xanjar va nayzalar bilan jang qildilar, ..massagetlarning qo`li baland keldi, ..Kir II halok bo`ldi» - Avesto Behistun (fors) yozuvlari Yunon-rim tarixchilari So`g’da, (Gava) So`g’uda So`g’diyona Baxdi Baqtrish Baqtriana, Baqtriya Xvarizam Xvarazmish Xorasmiya 38 deydi. Ko`plab davlatlarni bosib olgan ahamoniylar sulolasi vakili Kir II mil. avv. 530 yil massagetlar (To`maris) bilan bo`lgan jangda halok bo`ldi. Doro I hukmronligining birinchi yili (522) Marg’iyonada forslarga qarshi xalq qo`zg’oloni ko`tarildi. Qo`zg’olonga Frada rahbarlik qildi, hal qiluvchi jang mil. avv. 522 yilda bo`ldi. Frada asilikka olinadi va qatl etiladi (521). Bu voqea Behistun yozuvida qayd etilgan. Doro I hukmronligining uchinchi yilida (519) saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida ham Behistun bitiklarida shunday deyilgan: «Doro ayturki: ..uchi o`tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar jangga kirdi, ..men daryodan o`tkach saklarni tor-mor keltirdim, Skunxa degan sardorini huzurimga keltirdi, ularga boshqa sardor tayinladim, bu mamlakat tobe bo`ldi». Bu yurish haqida tarixchi Polien (mil. avv. II asr) keltirgan rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib hikoya qilinishicha, sak cho`poni SHiroq forslarni orqa tomondan boshlab borishini aytadi. CHo`l bo`ylab 7 kun yo`l bosishgach forslar aldanganliklarini sezib cho`ponni o`ldiradilar. Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ahamoniylar bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutish uchun yagona davlatni alohida viloyat - satrapliklarga bo`lib tashlaydi. «Satrap» so`zi forscha «xshatra–viloyat» so`zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig’i - satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko`pchiligi ahamoniylar sulolasi vakillari bo`lgan. O`rta Osiyo viloyatlari 3 ta satraplikka bo`linadi, har bir satraplik yillik soliq to`lagan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxona qurilishiga ham safarbar etilgan. Soliqni kumush, chorva mollari (ot, tuya, qo`y), hunarmandchilik buyumlari (sopol idish, qurol-yarog’, zeb-ziynat), kiyim-kechak, hayvonlar terisi bilan to`lashgan. Kserks Doro I ning vorisi hukmronligi davrida (486-465) O`rta Osiyo xalqlari yunon-fors urushlarida ham qatnashgan. Marafon jangida (mil. avv. 490 y.) fors qo`shinlari markazida bo`lgan saklar muvaffaqiyatli jang qilgan. Kserks boshchiligida yunonlarga yurish qilgan O`rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini Gerodot tasvirlagan: baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan; saklar xanjar va jangovar boltalar bilan; xorazmiylar va sug’diylar baqtriyaliklarniki kabi qurollar 39 bilan jangga kirgan. Kserks qo`shinida sak va baqtriya suvoriylari eng yaxshi jangchilardan hisoblangan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling