Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

II bo`lim. O`RTA ASRLAR
(IV asrdan XVI asr boshlarigacha). 
III-bob. O`rta asrlarda erga egalik munosabatlari. 
1-§. Ilk o`rta asrlar davlatlari. Ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar 
Qadimgi Turon diyorida Qang’ va Kushon davlatlari ravnaq topgan davrda 
yuksalish boshlangan edi. Bu o`zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy 
hayotda o`zgarishlarga olib keldi. Shaharlar soni ko`payib, shaharlar 
hunarmandchilik, savdo va madaniyat markaziga aylandi. 
Sug’orma dehqonchilik vohalarda kengayib, suv inshootlari: suv tegirmoni, 
chig’ir va charxpalak kashf etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik, sholikorlik va 
polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. 
Ekin maydonlarini sug’orish va ishlov berishning takomillashuvi tufayli aholi 
dehqonchilikdan mo`l hosil oladigan bo`ldi. Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, 
hunarmandchilik va savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo`jalik mahsulotlariga 
bo`lgan ehtiyoj ortib bordi. Xomashyo etkazuvchi qishloqlarning nufuzi 
ko`tarilgach: 1) ziroatkor erga munosabat, ularga egalik qilish shakli o`zgara 
boshladi. 2) o`troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o`rtasidagi aloqalar 
rivojlandi. 
Dasht va tog’ oldida yashovchi ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi 
aholining o`troq hayotga o`tishi kuchaygach dehqonchilik uchun yaroqli obikor 
erlarga bo`lgan ehtiyoj oshdi, natijada qo`riq va bo`z erlarga suv chiqarilib katta 
ekin maydonlari barpo etildi. Obodonchilik ishlarini amalga oshirishda mulkdor 
tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifatida faol 
qatnashdi. Qo`riqlarda ochilgan yangi erlarning ma’lum bir ulushi sarkor-
ishboshilarning qo`liga o`tadi va merosiy mulkiga aylanadi. Shu tariqa katta er 
egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi.
Dehqonlar xo`jaligi. Sarkorlar o`zlariga tegishli er maydonlarini sug’orish 
tarmoqlarining yuqori qismidan, to`g’on boshidan ajratib oladi. Bu yo`l bilan 
sarkorlar suvdan bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq 


50 
aholisi ustidan o`z ta’sirini o`tkazish imkoniyatga ega bo`ladi. Sarkorlar ziroatkor 
aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi va ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar 
shaharlarda qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do`konu rastalaridan 
iborat kattagina xo`jalikka ham ega edilar. Dehqonlarning qishloqlarda ekinzor 
paykallardan tashqari yana ko`shk va istehkomli qo`rg’onlari, objuvoz, moyjuvoz 
va tegirmonlari bo`lgan. Katta er egasining 30-40, 50-100 va undan ortiq 
chokarlari bo`lib, chokarlar baquvvat, abjir, o`z xojasiga sadoqatli o`spirinlardan 
tanlab olingan, hatto xojasi vafot etgan chokarlar birga ko`milgan. Dehqonlar 
bunday sodiq va jangovor chokarlari bilan urush paytida dushmanga qarshi harbiy 
yurishlarda qatnashgan, tinchlik paytda chokarlarga suyanib qishloqning ziroatkor 
ahli ustidan hukmlarini o`tkazgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling