Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


G’arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

G’arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi. G’arbiy turk hoqonligi tasarrufiga 
O`rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirgan, uning markazi Ettisuv edi. 
SHarqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko`chmanchi edi. G’arbiy 
hoqonlik aholisining katta qismi dehqonchilik, chorvachilik va savdo bilan 
mashg’ul edi.
G’arbiy xoqonlik VII asrning birinchi choragida kuchaygan. Uning sharqiy 
chegarasi Oltoyga, janubda Sind daryosigacha bo`lgan. Xoqon To`ng yabg’u 
(618-630) davrida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Viloyat hokimlarini xoqonlik 
ma’muriyati bilan bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish uchun 
mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning «yabg’u» unvoni beriladi, natijada ular 
xoqonning noibi (vakili)ga aylanadi. O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va 
Toxaristonning 
deyarli 
mustaqil 
hokimliklari 
ustidan 
siyosiy 
nazorat 
kuchaytiriladi, ular huzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. G’arbiy 
Turk hoqonligi ichki kurash oqibatida zaiflashib boradi.
Ijtimoiy hayot. Turk xoqonligi aholisining hayoti va xo`jaligi turlicha edi. 
Kuchmanchilarning 
asosiy 
mashg’uloti chorvachilik bo`lgan. G’arbiy 
xoqonlikning o`troq aholisi madaniy jihatdan ilg’or bo`lib, ijtimoiy-iqtisodiy 
turmushda etakchi rol o`ynagan. Xoqonlikda shahar va qishloqlar ko`p bo`lib, 
aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullangan. Turk 
hunarmandlari yasagan buyumlar, zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar xilma-xilligi va 
puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Farg’ona va Sug’dda oltin, mis, temir va 
simob; Eloqda qo`rg’oshin, kumush va oltin qazib olinardi.


60 
Shahar aholisining asosiy mashg’ulotlaridan yana biri ichki va tashqi savdo 
edi. Sug’d savdogarlarining mavqei baland edi. VII asrning birinchi yarmida 
G’arbiy turk hoqonligi va Xitoy o`rtasida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Xitoyga 9 
marta savdo elchiligi yuborildi. 627 yil Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Ustrushona 
(Jizzax va O`ratepa)dan birlashgan savdo karvoni Xitoyga etib borgan.
O`rta Osida VI-VII asrlarda dehqonlar tomonidan erlarni egallash jarayoni 
avj olib, zulm kuchayadi. Er va suvdan ajralib qashshoqlashgan ozod ziroatkor - 
kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. 
Qashshoqlik, zulm va dehqonlar asoratiga qarshi 585-586 yy. Buxoroda xalq 
qo`zg’olon ko`tardi. Qo`zg’olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik 
qilgan. Vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Turkiston va 
Taroz atrofiga borib o`rnashadi. Ular turk xoqonidan yordam so`raydilar. Turk 
hoqoni Qoracho`rin o`g’li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo`shin yuboradi. 
Abro`y o`ldirildi va qo`zg’olon bostirildi, kadivar va xizmatkorlar dehqonlarga 
qaytariladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling