Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 dan ortiq voha hokimliklari
- Sharqiy xoqonlik
Turk hoqonligi boshqaruvi. Turk hoqonligi ulkan davlat bo`lsa ham,
siyosiy jihatdan chinakam markazlashgan davlat emas edi. Davlatning asosi turkiy tilda so`zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo`lgan, bu ittifoqni Xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati - Urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko`chmanchi chorvador va o`troq dehqon aholiga bo`lingan. Ko`chmanchi chorvador aholi Budun yoki Qora budun nomlari bilan yuritilgan. Budun o`z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etib, O`n o`q budun yoki Elning hokimi Yabg’u yoki Jabg’u deyilgan. Yabg’u darajasiga faqat hoqon urug’iga qarindosh bo`lganlargina ko`tarilardi. O`n o`q el sardori bir tuman (10 ming) suvoriyni safga tortar edi; bunday harbiy bo`linmaning tumanboshisi «shod» deb yuritilgan. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo, Amudaryo havzalarida 10 dan ortiq voha hokimliklari mavjud edi, ularning boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo`lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadi. Xoqonlik bo`linishi. Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga ko`p omillar imkon bermagan: 1) katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganlar. 2) Turk xoqonligi tasarrufida bo`lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo`lishni istar edilar. Turk hoqonligi VI asr 80-yillar oxirida 2 ga: - Sharqiy va G’arbiy turk hoqonliklariga bo`linib ketdi. Turk xoqonligi bo`linib ketishiga sabab: 1) bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni zaiflashtirgan; 2) Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat Xoqonlik ahvolini yanada og’irlashtirgan. Buyuk Turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt: Oloy tog’i sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo`lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo`g’uliston), 59 Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo`lgan. Bu xoqonlikning poytaxti O`tikan vodiysi (Mo`g’uliston) da qaror topgan. Oloy tog’ining g’arbidagi o`lkalar: Ettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutash hudud G’arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Ettisuvda joylashgan. G’arbiy xoqonlik o`troq voha va viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolarni saqlab qolgan, muhim ahamiyatga molik ayrim o`lkalarda turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling