Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’aznaviylar davlati
- Sobuqtegin
Somoniylar inqirozi. Somoniylar harbiy yurishlari, hukmron sulolaning
ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqligi avj olgach iqtisodiy tanglik sodir bo`ldi. Hatto harbiylarga, shu jumladan amirning muntazam turk sarbozlari 83 qo`shiniga maosh to`lash uchun mablag’ topilmaydi. Bunday og’ir ahvoldan chiqish uchun 942 yil aholidan ikki marta soliq undirib olindi. Behad tartibsizlik vaziyatni keskinlashtirib turli tabaqalarning qo`zg’alishiga sabab bo`ladi. Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nux II (976-997) davrida nihoyatda keskin tus oldi. Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim 947 yil isyon ko`tardi. Ibrohim saroy sarbozlari va Chag’oniyonning yirik er-mulk egasi Abu Ali Chag’oniy yordamida Buxoroni egalladi. Ko`p o`tmay Chag’oniy ham isyon ko`taradi. Nuh uni 952 yil Chag’oniyonga, so`ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo`ldi. Buxoro harbiy askarlari 961 yil g’alayon ko`tarib, saroyni talaydi va yoqib yuboradi. Bu voqealar markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi. Tayanch tushunchalar: Somoniylar - Buxoro vohasining yirik mulkdor hukmdorlarining sulolaviy nomi. Somoniylar davlati (865 - 999) – Movarounnahr va Xurosondagi o`rta asr davlati, uning tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog’liq, ravnaq topgan davrda Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o`z ichiga olgan. Vazir - devonxona boshlig’i, bosh vazir. Amid ul-mulk - davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri. Mustovfiy - moliya vaziri. Sohibi shurat - harbiy ishlar vaziri. Ulamo - din olimlari. Xonaqoh - g’aribxona, musofirxona. Hojib – harbiy unvon. G’aznaviylar davlati Og’ir davrda turk hojiblari saroy gvardiyasining siyosiy nufuzi kuchayadi, chunki harbiy va mudofaa ishlari ular qo`lida edi. Turkiy sarkardalarning 84 xizmatlari evaziga somoniy amirlar iqtidorli lashkarboshilarni Hojib-ul-xojib yoki Hojib-ul-buzruk kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar. G’azna viloyatini 962-963 yy. Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G’azna va Kobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan. Bu turkiy davlatning poytaxti G’azna shahrida qaror topgan. G’aznaviylarning nufuzi Sobuqtegin (977-997) davrida ortib somoniylar e’tirof etgan. Mahmud G’aznaviy (997-1030) davrida uning hududi kengayib, Sharqning qudratli davlatiga aylangan: chegarasi g’arbda Ray va Isfahon, Kaspiy dengizi; shimoli g’arbda Xorazm va Orol dengizigacha; sharqda Shimoliy Hindistonning katta qismi va Janubiy Balujistongacha etgan. Somoniylar barham topgach Mahmud G’aznaviy Xuroson hududini, so`ng Xorazmni (1017) egallaydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling