Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Etnik jarayon va O`zbek xalqining shakllanishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Etnik jarayon va O`zbek xalqining shakllanishi 
Etnik jarayon - kelib chiqishi yaqin bo`lgan turli qabila va elatlarning asrlar 
davomida qo`shilib borishi. O`zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo`lib 
Movarounnahr, Xorazm, Ettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g’arbiy 
mintaqalarida shakllangan. O`zbek xalqining asosini O`zbekistonda qadimdan 
o`troq yashab, sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullangan 
mahalliy sug’diy, baxtariylar, xorazmiylar, farg’onaliklar, shoshliklar, yarim 
chorvador qang’lar, ko`chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan.
Janubiy Sibir, Oltoy, Ettisuv, Sharqiy Turkiston, Volga va Ural bo`ylaridan 
turli davrda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruh ham o`zbek xalqi 
etnogenezida ishtirok etganlar. Bu etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda 
so`zlashgan. Bu qabila va elatlarning Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida etnik 
aralashuvi natijasida o`troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o`zbek 
xalqiga xos antropologik qiyofa shakllandi.
Mil. avv. III asrda Sirdaryo o`rta oqimidagi tashkil topgan Qang’ davlati 
davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, uyg’unlashgan madaniyat 


99 
shakllanadi, bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» deb ataldi. Antropologlar 
ta’kidlashicha, shu davrda O`rta Osiyo aholisining tashqi qiyofalarida hozirgi 
o`zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofasi to`liq shakllandi. 
O`zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruhlar kushonlar 
hamda IV-V asrlarda O`rta Osiyoning markaziy viloyatlariga kirib kelgan 
xioniylar, kidariylar va eftallardir. Turk xoqonligi davrida O`rta Osiyoning 
markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib o`troqlashgan turkiy qabilalar 
o`zbeklarning etnogeneziga faol ta’sir ko`rsatdi. Turkiy elatlar va mahalliy aholi 
o`rtasidagi etnik-madaniy munosabatlar rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy 
yutuqlarining mahalliy madaniy-xo`jalik an’analari bilan jadal uyg’unlashuvi yuz 
berdi. Bu o`lka VII asrdan «Turkiston» (turkiy aholi o`rnashgan o`lka) nomi bilan 
atala boshlagan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling