Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mahmud Tarobiy qo`zg’oloni. Mo`g’ullar va mahalliy mulkdorlar zulmiga 
qarshi qo`zg’olon 1238 yil Buxoroning Tarob qishlog’ida bo`ldi. Qo`zg’olonga 
g’alvir yasovchi hunarmand Mahmud boshchilik qildi. Mahmud Tarobiyning yaqin 
safdoshi Shamsuddin Mahbubiy edi. Mahmud Torobiy o`z tarafdorlari bilan 
Buxoroga kirgach shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qildi. Mahmud 


108 
Buxoroning sadrlari, badavlat a’yonlari, yirik er egalarini chaqirib, o`zini Buxoro 
va atrof viloyatlarning xalifasi, ya’ni hukmdori deb rasmiy ravishda e’lon qilishga 
majbur etadi. Shamsuddin Mahbubiy sadr deb e’lon qilinadi.
Mahmud Buxoroda o`z hukmronligini o`rnatgach mahalliy amaldorlar 
Buxorodan qochib ketib Mahmud Yalavoch yordamida Karmana yaqinida kuch 
to`playdi va Buxoroga yurish qiladi. Jangda mo`g’ullar engilib Karmana tomonga 
qochadi. Mahmud Torobiy va Shamsuddin Mahbubiy ham bu jangda shahid 
bo`lgach, Torobiyning ukalari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Bir 
hafta o`tmay yana mo`g’ullar qilgan hujumda qo`zg’olonchilar tor-mor qilinadi. 
Mahmud Torobiyning ikki ukasi halok bo`ladi, mo`g’ullar yana Buxoroni bosib 
oladi.
Chig’atoy soliqlarni tartibga solish islohatida 1238 yil Mahmud Yalavochni 
noiblikdan chetlatdi, o`rniga Maxmud Yalavochning o`g’li Mas’udbek tayinlandi. 
Ulug’ xoqon O`qtoy Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi 
Ulug’ xoqon farmoni. XIII asr o`rtalarida Chig’atoy ulusining mo`g’ul 
amaldorlari doirasida o`troqlikka ko`chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy 
o`troq 
aholining 
boy 
madaniyatidan 
foydalanish 
jarayoni 
kuchayadi. 
Mo`g’ulistonning ulug’ hoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish 
to`g’risida maxsus farmon - yorliq chiqaradi. Yomlar bo`ylab pochta xizmati 
uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. 
Elchilarga qo`llarida bevosita topshiriqlari bo`lmasa shahar yoki qishloqlarga 
kirmasligi, aholidan belgilanganidan ortiqcha em-xashak va oziq-ovqat olmasligi 
uqtiriladi. Shu tariqa aholi hisobsiz to`lovlardan ozod bo`ladi. Yomlar – yo`l 
bekatlari. Choparlar, yo`lovchilar ot almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar 
ulovga tayyor turgan. 
Mas’udbek pul islohotini 1271 yil amalga oshirgan. Bu Movarounnahrda 
shahar hayoti, hunarmandchilik, savdo va pul munosabatlari tiklanishida muhim 


109 
ahamiyatga ega bo`ladi. Mas’udbek Movarounnahrning 16 ta shahar va 
viloyatlarida: Samarqand, Buxoro, Taroz, O`tror, Xo`jandda bir xil vazn va yuqori 
qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, muomalaga chiqaradi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling