Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Xorazmshoxlar davlatining halokati
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zloqshoh va Oqshoh
- Jaloliddin jasorati
Xorazmshoxlar davlatining halokati
Urganch qamali. Chingizxon qo`shinlarining Urganchga hujumi 1221 yil boshlarida boshlandi. Xorazm Sultoni deb Jaloliddin Manguberdi (1199-1231) e’lon qilindi, biroq Jaloliddin hokimiyatini Turkon Xotun tan olmadi. Jand noibi 105 qochqin Qutlug’xon boshliq qipchoq lashkarboshilari uyushtirayotgan fitnadan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi va Temur Malik Xurosonga chiqib ketdi. Shahzodalar O`zloqshoh va Oqshoh ham Urganchni tark etadi. Poytaxt Urganch taqdiri o`ta qo`rqoq va amalparast amir Xumortakin qo`lida qoladi. Urganchni mo`g’illar 1221 yil qishida 50 ming askar bilan hujum boshlab, qamal qiladi, kurash 7 oy davom etdi. Shayx Najmiddin Kubro (Ahmad ibn Umar Xivaqiy) «YO vatan, yo sharofatli o`lim» - deb jangga kiradi. Chingizxon Najmiddin Kubroga o`z a’yonlari bilan shahardan chiqib jon saqlashni taklif qiladi, biroq u rad etadi. Najmiddin Kubro tug’ tutgan mo`ng’ul askariga tashlanib shahid bo`ladi. Urganch taslim bo`lgach, mo`g’illar shaharni talab, bosh to`g’onini buzib yubordi, Urganchni suv bosib vayron bo`ldi. Jaloliddin jasorati. Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo`g’ullarning yurishlari Amudaryo janubidagi yirik savdo va madaniyat markazlari bo`lgan Balx, Hirot, Marv, G’azna shaharlariga yo`naltiriladi, ular bu viloyatda kuchli lashkar to`plagan Jaloliddin Manguberdining qarshiligiga uchraydi. Jaloliddin ancha yillar ilgari G’azna, Bomiyon, va Hindistongacha bo`lgan hududlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu bois u G’azna tomon boradi. Jaloliddin Niso, Qandahorshaharlari yonida mo`g’ullarga zarba berib, G’aznaga etib keldi, uning qo`shiniga yangi kuchlar qo`shiladi. Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo`g’illarga qarshi hujum qilib, tor-mor etishi Jaloliddinning mo`g’ullar ustudan qozongan dastlabki yirik g’alabasi edi. Jalolliddin Parvon dashtida Shiki Xutuxi no`yon boshliq 45 ming mo`g’ul qo`shinini engdi. Biroq lashkarboshlar Sayfutdin Ag’roq, A’zam Malik va Muzaffar Malik o`lja taqsimlashda kelishmovchilik tufayli Jaloliddindan ajralib ketadi. Chingizxon ularni alohida-alohida tor-mor etadi. Sind (Hind) daryosi bo`yida 1221 yil 25 noyabrda qattiq jang bo`ladi, Jaloliddin Chingizxon qo`shining ilg’or qismini engadi. Pistirmada turgan 10 ming nafar mo`g’ul askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin 4 ming askari bilan Sind daryosining nargi qirg’og’iga o`tib oladi. Hozirda ham Sind daryosining bir tomoni «Ot sakrash», narigi tomoni «Cho`li Jaloliy» deb ataladi. Jaloliddin jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon o`z 106 o`g’illariga qarab «Ota o`g’il shunday bo`lishi lozim» degan ekan. Jaloliddin yana 11 yil Eron va Ozarbayjonda mo`g’ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Xorazmshohning hukmdorligi 1231 yil tugaydi. 1999 yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Xorazmda unga haykal o`rnatildi, uning nomi ko`cha va maydonlarga qo`yildi, vibeofil’m, p’esa va dostonlar yaratildi. 2000 yil 30 avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etilgan. Mo`g’illar Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo`jand shaharlarini xarobozorga aylantirdi. Samarqand aholisi shaharni tark etib chiqib ketadi. Marv vohasidagi bosh to`g’on - Sultonband bo`zib tashlandi. Marv aholisi suvsizlikdan qishloqlarni tashlab, o`zga erlarga borib joylashadi. Urganch suvga bostirilib vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning ziroatchi aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi. Hunarmandlar majburan Mo`g’ilistonga yuborilgach butun SHarqda shuhrat topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to`qish, naqshli shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi. Mo`g’illar davrida Turkiston orqali o`tgan Ipak yo`li butunlay harakatsiz qoldi. Ilm-fanga katta ziyon etkazildi. Tayanch so`zlarlar: Mo`g’ullar, Chingizxon, Jo`ji, Chig’atoy, O`qtoy, Tuli, Shiki Xutuxi; Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Turkon Xotun, O`zloqshoh, Oqshoh, G’azna, Bomiyon, Parvon, Sind. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling